Samarqand viloyatida 15-fevral, shanba kuni, kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida bir qator favqulodda hodisalar kuzatildi.
Xususan, Oqdaryo tumani Loyish bozori oldida yuzaga kelgan katta ko‘lmakka Nexia avtomobili “cho‘kib ketgan”. Voqea joyidan olingan videoda boshqa mashinalar ham “suv ichida suzib yurgani”ni ko‘rish mumkin.
Hodisa yuzasidan rasmiy axborot berilganicha yo‘q. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar yo‘q.
Izoh (0)