• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    NATO NATOME’ga, AQSh Daniyaga aylanadimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    NATOmi, NATOME?

    Donald Tramp NATO Yaqin Sharqda kengayishini talab qilar ekan, u NATOni murakkab vaziyatda qoldirmoqda, deb yozadi The Financial Times nashri.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    NATO Yaqin Sharqda kengayishi inqilobdan ko‘ra kuchlarning geografik jihatdan joyini o‘zgartirishga o‘xshab ketadi. Ammo bu tashabbus qanday oqibatlarga olib keladi – bu masala xavotir olishga asos bo‘la oladi.

    29 mamlakat a’zo bo‘lgan tashkilotning chorshanba kuni o‘tkazilgan majlisida AQSh prezidenti talab qilgan javob tariqasida NATO Iroqda IShIDga qarshi zobitlarni tayyorlovchi xalqaro bo‘linmalarini NATO kontingenti deb qayta nomladi. Bu esa, o‘z navbatida, yaqin kelajakda Yaqin Sharq mintaqasida yana boshqa tashabbuslarni paydo qilishi mumkin.

    Bryusselda to‘plangan NATO mamlakatlarining mudofaa vazirlari va Donald Tramp o‘rtasida kelishilgan shartnoma Yaqin Sharq mintaqasi taraflar o‘rtasida o‘ziga xos poligonga aylanib qolyapti. Tramp alyans ichidagi kelishmovchiliklardan foydalangan holda uning ish olib borish tizimini eskirib qolganlikda ayblamoqda. Qo‘shimcha tarzda AQShning Iroq va unga qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlari ham general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan noaniq bo‘lib turibdi.

    Rasmiy Vashington Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan darhol NATOni Yaqin Sharqda yanada faolroq bo‘lishga chaqirdi. AQSh kuchlari bosh qo‘mondoni hattoki 70 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat olib borayotgan tashkilot nomini NATOME – NATO Middle East (NATO Yaqin Sharq) deb nomlashni taklif qildi. Bu orada “NATO va men” (NATO and me) deya so‘z o‘yini bilan hazil-mutoyiba qilishga ham ulgurdi.

    NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg darhol “Trampni la’natlovchi rejim”ga o‘tib olib, bir tarafdan bosh qo‘mondon so‘zlarini yerda qoldirmasdan vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazilishiga chaqirdi. Boshqa tarafdan esa Stoltenberg alyans a’zolarini tinchlatirishga va ularga uchrashuv alyansga a’zo mamlakatlarning harbiylaridan amerikalik harbiylarning Iroqdan olib chiqib ketilishini yengillashtirish uchun foydalanilmasligidagi xavotirlarini bartaraf ham qildi.

    NATO harbiy instruktorlari bo‘ysinuvini almashtirish mintaqada NATO harbiylari sonini ko‘paytirish degani ham emas. Shuningdek, o‘tgan oydan Iroq parlamenti Sulaymoniy o‘ldirilishi ortidan mamlakatdagi barcha xorijlik harbiylarni haydab chiqarish borasidagi qarorini o‘zgartirishi ham noaniq.

    NATO dimplomatlari fikriga ko‘ra, tuzilmaning Fors ko‘rfazi va O‘rta Yer dengizi mintaqasida kengayishi mintaqada siyosiy dialogni, harbiy maslahatchilarni va logistik jo‘natmalarni yuborishni o‘z ichiga oladi.

    Sodir bo‘layotgan voqealar esa NATOning Yevropa qit’asidagi a’zolari va Tramp o‘rtasida ikkilanishni paydo qilmoqda. AQSh prezidenti esa ularni harbiy xarajatga mablag‘ sarflashdan bo‘yin tovlayotganlikda ayblab kelmoqda. Nima bo‘lganda ham alyansning yevropalik a’zolari tashkilotdagi asosiy o‘yinchi xursand  bo‘lishi uchun ancha-muncha harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, NATO Rossiyaning harbiy qudrat sifatida tiklanib borayotganini ham nazardan qochirmasa bo‘ldi.

    Berni Sanders sotsialistmi?

    Respublikahilarning amerikaliklar hayotini sotsializm bilan davolash borasidagi uzoq o‘tmishga ega, olqishlab bo‘lmaydigan tarixi bor. AQSh ilk marta sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish borasida Medicare dasturi ishga tushirgan o‘sha paytlardagi prezident Ronald Reygan “sosialistik tibbiyot ozodligimizni barbod qiladi” degani hammaning yodda. Berni Sanders esa, sotsialist bo‘lmasa-da, televizor ekranlarida o‘z rolini o‘ynamoqda, deb hisoblaydi The New York Times nashri kolumnisti Pol Krugman.

    Foto: The New York Times

    Foto: The New York Times

    Bugun ham shunday. Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish haqida gapirilsa, konservativ fikrlovchilar darhol Amerikadan Sovet Ittifoqi yasalmoqda deya boshlaydi.

    Bunday o‘yin jirkanch, adolatsiz bo‘lsa-da, ba’zida ish bermoqda. Saylovga oz qolayotgan bir paytda demokratik partiyaning nomdor kurashchisi, yetakchi bo‘lmasa-da, sotsialistik o‘yin strategiyasini yaxshi amalga oshirmoqda.

    Aslida Berni Sanders sotsializm atamasiga to‘laqonli mos keladigan shaxs emas. Nega? Chunki uning saylovoldi dasturida AQShning yirik kompaniyalarini milliylashtirishdan, markazlashgan rejali iqtisodiyotdan asar ham yo‘q. Berni sotsializmning venesuelacha emas, Daniyadagi kabi usulidan ko‘proq hayratlanganini sezish mumkin. U yevropaliklar sotsial-demokrat deb nom bergan siyosiy davlat tarafdori ekan, nega endi amerikaliklar o‘zlaridan-da erkinroq bo‘lgan Daniyadagi kabi hayotni orzu qilmasligi kerak?

    Shunday ekan, Sanders o‘zini o‘zi sotsialist deb e’lon qilgani uning o‘ziga xos jihati va bu ancha liberal shtatdan senator bo‘lgan Berniga zarar qilmaydi.

    Basharti Berni Sanders demokratik prezident nomzodi bo‘lib qolsa, bu Tramp uchun ajoyib sovg‘a bo‘lishi mumkin. Bernining siyosiy dasturi ham. Aslida bir kishi to‘laydigan sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi g‘oya bo‘lsa ham, amalda ish bermasligi AQSh sharoitida aniqroq. Shungdek, Medicare dasturini Sanders saylovoldi dasturining asosi deb o‘ylar ekan, Tramp ma’muriyati biz allaqachon egalik qilib turgan ijtimoiy xavfsizlik tizimini qimirlatib qo‘yishi mumkin.

    Sanders Demokratik partiya nomzodiga aylanadigan bo‘lsa, barcha demokratlar unga ovoz bergani ma’qul. Sanders AQShni Daniyaga aylantirib qo‘ya olmaydi, aylantirib qo‘ygan holda ham Tramp Amerika jamiyatini Vengriyadagi kabi millatchi avrokratiyaga aylantirib qo‘yishga urinmoqda. Shunday ekan, tanlov saylovchilarning o‘zida qoldi.

    Jazoir Liviya muammolarini hal qila oladimi?

    Liviyada xavotirli voqealar yuz berayotgan bir vaziyatda dunyo jamoatchiligi nega Jazoir jimib qoldi deya hayratda qolayotgan edi. Har narsaning sababi bo‘lgani kabi Afrika qit’asining eng ulkan mamlakatidagi sukutning o‘z sababi mavjud, deb yozadi The Bloomberg nashri.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jazoir shu darajada ichki ishlari bilan band bo‘lib qoldiki, sharqdan qo‘shnisi Liviyada sodir bo‘layotgan siyosiy voqealarga xohlasa-da aralasha olmay qoldi.

    Hozirda jazoirliklarning yangi hukumati olatasir vaziyatda mintaqadagi yetakchi hal qiluvchi kuch bo‘lishga, ta’sirga ega siyosiy o‘yinchi bo‘lishga urinmoqda, ammo Jazoir aslida Liviyadagi siyosiy voqealarga ta’sir etish uchun yetarli kuchga ham, nufuzga ham, mablag‘ga ham ega emas.

    Liviyadagi urushdan manfaatdor taraflar haqida bir mulohaza yuriting: BMT dastaklayotgan Tripolidagi milliy rozilik harakati, Xalifa Haftar yetakchiligidagi Liviya milliy armiyasi. Milliy rozilik harakati tomonida Turkiya, Italiya va Qatar turgan bo‘lsa, Xalifa Haftarni Rossiya, Misr, BAA, Iordaniya va Fransiya dastaklab turibdi. Qarama qarshilikda hattoki islomiy jangarilar ham qatnashmoqda.

    Qo‘shni mamlakatdagi norozilik Jazoir uchun qo‘shimcha tahdidlarni ham yuzaga keltiradi. Bu tahdidlar asosan Liviyadan Jazoirga o‘tadigan qochqinlar muammosida ko‘rinadi. Bu esa chegaralar mustahkamligini saqlash xarajati ko‘payadi deganidir. 2013-yilda jazoirdagi gaz koni portlatilishida 40 nafar xorij vatandoshi halok bo‘lgan, buning ortida Jazoirga Liviyadan qochib o‘tgan “al-Qoida” terroristik tashkiloti a’zolari turgani aytilgandi.

    Jazoir esa o‘zini Shimoliy Afrika mintaqasidagi asosiy kuch sifatida ko‘radi. Shunga qaramay, mamlakat azaldan xorijliklar ta’siridan himoyalanib keladi. Jazoir hukumati Muammar Qaddofiy hokimiyatdan chetlashtirlishidan keyin boshlangan tartibsizliklarda vositachiday ko‘rilishi ham bor gap.

    Sobiq hukumat rahbari Abdulaziz Buteflika davrida Jazoir Mag‘rib va Sohil mintaqasi o‘rtasidagi munosabatlarda asosiy kuch bo‘lib kelgani asosan mamlakatning neft va gaz zaxiralariga boyligi bian izohlangan bo‘lsa, hozir Jazoir ancha ojizlangan.

    O‘tgan bahorda Butlefika xalq norozilik namoyishi natijasida hokimiyatdan chetlashtirilishidan oldinroq Liviyadagi o‘zaro tortishuvchi kuchlar Jazoirning mintaqada sezilarli kuchga ega ekani-yu, vaziyatni hal qilish uchun tinch yechim topish borasidagi nasihatlarini e’tiborsiz qoldirib keladi. Bu esa Jazoir Shimoliy Afrikada qanchalik ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatadi.

    Shunga qaramay, so‘nggi paytlarda Jazoir yana mintaqada qanday ta’sirga ega ekanini eslatib qo‘yishga urinmoqda. O‘tgan oy Jazoir hukumati Liviya bilan chegaradosh mamlakatlarni Liviyadagi masalalar borasida kelishib olish uchun poytaxt Jazoirga taklif qildi. Ammo Jazoirning bu tashabbusi Berlin va Moskvada o‘tkazilgan muzokaralarning soyasi ortida qolib ketdi va Jazoir rasmiylari jurnalistlar qarshisida suratga tushishidan boshqasiga yaramadi.

    Jazoirning yangi rahbari Abdulmajid Tabbun Shimoliy Afrikaning yangi og‘ir vaznli siyosatchisi sifatida ko‘rsatishga urinishi besamar ketmoqda. U hali Jazoirda mustahkam hokimiyat va qo‘llab-quvvatlovga ega emas. U prezident bo‘lishi ortidan Jazoirda norozilik namoyishlari boshlanganini ham esdan chiqarmaslik lozim.

    Yangi prezident oldidagi eng muhim muammolardan biri mamlakatdagi tartibsizlik va ko‘cha isyonlarini yuzaga keltirgan muammolarni bartaraf qilish ekan, Liviya borasidagi muammolar oqrtiqcha tashvish hamdir. Tabbun hokimiyatini mustahkamlash uchun qator islohotlarni amalga oshirdi: siyosiy mahbuslarni ozod qildi, konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirdi, hukumatdagi eski hokimiyat tarafdorlarini iste’foga chiqardi. Shunday bo‘lsa-da, jazoirliklar Tabbunni hamon eski rejim yetishtirgan siyosatchi sifatida ko‘rmoqda.

    Shunday muammolar ortida qolayotgan Jazoirning yangi hukumati qo‘shni Liviyadagi muammolarni hal qilishda yetakchilikka intilishi kutib tursa ham bo‘ladi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    16.02.2020, 15:11   Izoh (0)   43089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirus yuqtirib olganini yashirgan shaxslarga o‘lim jazosi tayinlanishi e’lon qilindi

    16.02.2020, 14:53

    Si Szinpin koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri qanday choralar ko‘rganini ma’lum qildi

    16.02.2020, 14:23

    Beshta mamlakat Eronni urib tushirilgan Boeing uchun tovon pulini tezroq to‘lashga chaqirdi

    16.02.2020, 12:33

    CNN: AQSh o‘zaro kelishuv buzilgan taqdirda, “Tolibon”ni “yo‘q qiladi”

    16.02.2020, 11:53

    Yaponiyadagi sayohat kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 355 kishiga yetdi

    16.02.2020, 10:31

    Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga raketa zarbalari berildi

    16.02.2020, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.