Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 25-turida 15-fevral, shanba kuni “Liverpul” va “Norvich” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

Foto: APL

Foto: APL

Uchrashuvning 78-daqiqasida Sadio Mane tomonidan kiritilgan to‘p “qizillar”ga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasining Premyer Ligadagi g‘alabali seriyasi 17 o‘yinga yetdi. O‘tgan mavsum bilan hisoblaganda mersisaydlar APLda ketma-ket 43 uchrashuvdan buyon mag‘lub bo‘lmayapti.

“Liverpul” 76 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Norvich” (18) esa 20-o‘rindan joy olgan.

APL

25-tur bahslari

15-fevral, shanba

“Norvich” — “Liverpul” 0:1

Gol: 0:1 — 78 Mane.

“Norvich”: Krul, Simmermann, Aarons, Henli, Bayrem (Lyuis, 27), Duda, Kentuell, Maklin, Tetti (Drmich, 84), Rupp (Buendia, 83), Pukki.

“Liverpul”: Alisson, Robertson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Keyta (Milner, 84), Veynaldum (Fabinyo, 60), Henderson, Oksleyd-Chemberlen (Mane, 60), Saloh, Firmino.

Ogohlantirishlar: Henli (41), Keyta (83), Mane (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi