Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning Xubey provinsiyasida bir sutka davomida yangi turdagi COVID-10 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 2420 kishiga ortdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha mintaqaviy komissiya xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Shunday qilib provinsiyada kasallikka chalinganlarning jami soni 54 406 kishiga yetdi.

Bundan tashqari, bir sutka ichida Xubeyda koronavirus oqibatida 139 kishi vafot etgan. Provinsiya bo‘ylab virus oqibatida jami vafot etganlar soni 1457 kishini tashkil etmoqda. Shuningdek, 4774 bemorga shifoxonadan javob berilgan.

South China Morning Post nashrining yozishicha, butun dunyo bo‘lab koronavirus oqibatida 1523 kishi vafot etgan. Jami kasallanganlar soni 66 894 kishini tashkil etmoqda. 7820 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Xitoydan tashqaridagi uch hududda o‘lim holati qayd etilgan: Gonkong, Yaponiya va Filippin.

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 2020-yilning yanvar oyidan boshlab 13-fevral kunigacha 850 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan edi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirus O‘zbekistonga kirib kelsa, uning oldini olish uchun tegishli shifoxonalarda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi ajratilganini aytgan edi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun tayyor emasligini ta’kidlagan. Qashqadaryoda 189 kishi koronavirusga qarshi tibbiy kuzatuvga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi