• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Tuberkulyoz kasalligiga faqat kambag‘allar chalinmaydi”. Silni yenggan Sarvar Otajonov hikoyasi

    Inson umri hamisha ravon va o‘zi istaganidek kechavermaydi. Yillar davomida turli sinovlar: kutilmagan dard, xiyonat, ayriliq va og‘riqlarga to‘qnash keladi. Oramizda shunday insonlar borki, hayot ularga qancha “tuhfa”larni taqdim qilmasin, yiqilib qolmay o‘z orzu-maqsadlari sari intilaveradi. 

    “Daryo” hayot mashaqqatlarini yengib, osuda hayot kechirayotgan sabr egalari bilan suhbatlashib, ularning kechinmalarini yoritishga qaror qildi. “Kuchli insonlar” loyihasining birinchi qahramoni sil kasalligini yengib o‘tgan xorazmlik Sarvar Otajonov.

    Sarvar Otajonov — Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan.  Hozir 33 yoshda. Ko‘p yillardan buyon ustachilik bilan shug‘ullanib keladi.

    Kasalligimni tan olishim qiyin bo‘lgan

    Adashmasam, 2017-yilning aprel oylari edi. Oilamizdagi moddiy yetishmovchilik, pul bilan bog‘liq muammolar sabab Rossiyaga ishga ketishga majbur bo‘ldim. Patent uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganimda o‘pkamda qandaydir dog‘ borligini, bu silning alomati ekanligini aytishdi. Men shokka tushib qoldim. Axir endi ishlagani kelgan bo‘lsam, bir so‘m topmay yana ortga qaytamanmi deb o‘yladim. Agar rostdan ham menda tuberkulyoz aniqlansa, ‘deport’ qilib yuborishlari tayin edi. Tabiiyki, tan olmay turaverdim. Axir men ishlashim, uyga pul jo‘natishim kerak edi. Keyin yana ichimda bir ovoz sen kasalmassan, ular adashishyapti, deb aytardi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bo‘ynimga olmaganimdan keyin ular tomografiyaga yuborishdi. Men esa ayyorlik qilib, pasportimni boshqa bolaga berib, uni o‘rnimga tekshiruvga jo‘natdim. U kirib chiqdi. Patentimni olib, tinchgina ishlab yuraverdim.

    Afsuski, xursandchiligim uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan bir oy o‘tar-o‘tmay yo‘talishni boshladim, ishtaham yo‘qoldi, haroratim ko‘tarilib, holsizlanaverdim. Qancha tan olmay, baribir tuberkulyoz o‘z alomatlarini ko‘rsata boshlagandi. Bir necha oy o‘tib ishlashga umuman madorim qolmadi. Internetda o‘qiganlarim bo‘yicha dorilar ichdim, muolajalar qildim — bo‘lmadi. Oxiri to‘rt yarim oydan keyin O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘ldim.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Kasalligimni hech kimga aytmadim

    Bilasizmi, birinchi marta kasalligimni eshitganimda hazm qilishim og‘ir bo‘ldi. Ko‘pchilikdan buni juda yuqumli, nasldan naslga o‘tadigan kasallik deb eshitgandim. Shuning uchun oilam, qizlarim haqida o‘yladim. Ikkita shiringina qizim bor. Endi ularning taqdiri nima bo‘ladi? Tuberkulyozligim ertaga ularning kelajagiga ta’sir qilmasmikin? Qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni nima deb o‘ylaydi, deb qo‘rqdim. Shuning uchun Rossiyadan ketishni istamagandim. O‘zbekistonga qaytganimdan keyin bu haqda hech kimga aytmaslikka qaror qildim.

    Foto: Google Image

    Foto: Google Image

    Hammasi men o‘ylagandek bo‘lmadi

    “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” deganlaridek hammasi men o‘ylagandek bo‘lmadi. O‘zi ozg‘in edim. Kasallik tufayli vazn tashlab, battar ozib-to‘zib ketgandim. Uydagilar meni ko‘rib qo‘rqib ketdi. ‘O‘zi senga nima bo‘ldi,  tinchlikmi?’ deb so‘rashdi. Shunchaki musofirchilikda ozgina qiynaldim deb qo‘yaverdim. Kasalligimni hatto xotinimga ham aytmadim.

    O‘zbekistonga qaytdim

    Uyga kelib, poliklinikaga chiqdim. Rentgen qilishdi. Haliyam yuragimda qaniydi hammasi yolg‘on bo‘lsa, qaniydi doktorlar adashgan bo‘lsa, degan umid bor edi. Ertasiga natijalarni bilgani bordim. Bilasizmi, ular menga kutganimdek sizda bu kasallik yo‘q, shunchaki shamollagansiz, tez kunda o‘tib ketadi, deb aytishdi. Shunday quvonib ketdimki...

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Uyda bir haftacha shamollashga qarshi dorilar ichib yurdim, muolajalar qildim. Afsuski, hech biri ta’sir qilmadi. Qaytanga dardim kuchayib bordi.

    Bir kuni uyimizga singlimning shifokor dugonasi Komila keldi. Men qo‘shni xonada tinmay yo‘talib yotardim. U ovozimni eshitib, xonamga kirdi va men bilan obdan gaplashdi. U malakali doktorlar bilan tanishligini, shunchaki, meni tekshirib ko‘rishlarini aytib, o‘zi bilan shifoxonaga olib ketdi. Tekshiruvdan so‘ng menda haqiqatan turberkulyoz kasalligi aniqlandi.

    Bunga oila a’zolaringizning munosabati qanday bo‘ldi?

    Kasalligimni aytganimda uydagilarim, tabiiyki, shokka tushib qoldi. Onam qo‘rqib yig‘ladi. Dadam tez yotib davolanishimni aytdi. Xonamizga kirib, ayolimga bu haqda aytganimda u yuzimga jim tikilib qoldi. Oradan qancha vaqt o‘tdi bilmayman, keyin “davolanish kerak bo‘lsa borasiz, davolanasiz”, deb kiyimlarimni yig‘ishtirishni boshladi. O‘sha kunning o‘zida tushdan so‘ng shifoxonaga borib yotdim.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Oila a’zolarimga ham yuqtirishim mumkin edi...

    Kasalxonaga yotgan paytim shifokorlar agar Rossiyadan tuberkulyoz bilan kelgan bo‘lsang, bu oila a’zolaringga ham yuqqan bo‘lishi mumkin deb ularni ko‘rikdan o‘tkazishdi. Xudoga shukr, hech birida sil alomatlari chiqmadi.Men esa muolajalarni boshladim.

    Faqat yaxshi narsalar haqida o‘ylardim. Ertaga yuzimda qanaqa o‘zgarish bo‘larkin, deya o‘zimni o‘zim har kuni rasmga olardim. Ijobiy o‘zgarishlarni telefonimga yozib borardim. Bir oycha baribir ishtaham bo‘lmadi. Faqat meva tomog‘imdan o‘tardi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shu orada menga o‘xshab kasalxonaga yotishni istamaganlarni bilib qolsam, oldiga borib, ‘Menam sendek edim. Bu yomon kasal emas, davolanmasang o‘tib ketadi. Men hamma doktorlarni taniyman, ular senga yordam beradi. Hali ko‘rmagandek bo‘lib ketasan’, deb motivatsiya berardim. Kelib davolanishga ko‘ndirardim.

    Butun dunyo bo‘yicha sil bilan davolanish bepul. Allohga shukr, muolajalar vaqtida pul bilan bog‘liq muammolar bo‘lmadi. Hech kim bizdan pul so‘ramadi. Shunday qilib, 56 kundan so‘ng sog‘ayib uyga qaytdim.

    Kasallikka chalinishimga kuchli stress sabab bo‘lgan

    Ochig‘i, uyda bir narsaga katta pul kerak bo‘lib qoldi. Usta edim. Akfa romlar yasardim. Topganim urvoq ham bo‘lmasdi. Yetishmovchilik menga ruhiy bosim bo‘ldi. Ko‘proq pul topishim kerak, deb ko‘p siqildim. Shuning uchun ham Rossiyaga ketishga majbur bo‘lgandim.

    U yerda ham musofirchilik bir oycha ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida — zaxda jon saqlaganmiz. Qornim ham uncha to‘ymagan. Immunitetim tushib ketgani uchun kasallikka chalindim deb o‘ylayman.

    Tuberkulyozga faqat kambag‘allar chalinmaydi

    Bilasizmi, ko‘pchilik bu kasallikka ko‘proq kambag‘allar, to‘yib ovqat yemaydigan insonlar chalinadi, deb o‘ylashadi. Lekin bu noto‘g‘ri fikr. Har bir insonning o‘pkasida sil tayoqchalari bo‘ladi. Qachonki inson muammosini hadeb o‘ylayversa, siqilsa, to‘yib ovqat yemay yursa, gripp o‘n kundan o‘tib ham tuzalmasa, o‘pkasida sil tayoqchalari rivojlanib ketadi. Aytmoqchi bo‘lganim, kasallik bu boy yoki bu kambag‘al deb o‘tirmaydi.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kasallikka ko‘proq ayollar chalinarkan. Sababi ular ko‘p siqiladi, parhez qilib, to‘yib ovqat yemaydi. Shuning uchun har bir ayol o‘z sog‘lig‘i haqida o‘ylashi kerak.

    Hozir silga chalinganlarga yordam beryapman

    Davolanganimdan so‘ng outrichlarda bir muddat volontyor bo‘lib ishladim. Menga o‘xshab silga chalinganlarga maslahatlar berdim. Ularni kasalxonalarga yubordim. Hozir u tashkilot yopildi. Lekin faoliyatimni to‘xtatganim yo‘q. Har kuni turli xil viloyatlardan qo‘ng‘iroqlar bo‘lib turadi. Kuni kecha Koreyadan bir talaba yigit telefon qildi. Aytishicha, isitmasi tushmay, tinmay yo‘talayotgan ekan. Biroq oilasi bilan kelganligini, O‘zbekistonga qaytib borishning iloji yo‘qligini tushuntirib, maslahat so‘radi. Men hamma hujjatlaringiz joyidami, desam bir haftada tayyor bo‘lishini aytdi. Unda hujjatlaringizni tayyorlang-da, shifoxonaga boring. Bepul davolashadi. Agar kasallikka jiddiy qaramasangiz, yuqumli turiga aylansa, sizni ‘deport’ qilib yuboradi deb tushuntirdim. Hamma narsani boshidan oldini olgan ma’qul.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Hozir qurilishda ishlayapman. Rossiyaga borganimcha yo‘q. Bo‘lmasa kasalligim tufayli meni chiqarib yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, shu yerdagi silga chalingan yurtdoshlarimizga beminnat yordam berayapman.

    Agar hozir kimdir ularga yordam bermasa, davolanishga majburlamasa, menga o‘xshab 4-5 oylab yuraveradi. Vaqt o‘tganidan keyin u yuqumliga aylansa, oilasiga, bolalariga yuqadi. Bolasi maktabga borsa, sinfidagi 30 ta bolaga, eng yomoni, u butun maktabga yuqtirishi mumkin.

    Bir kuni bozorga borgandim. Bir kishi ‘shashlik’ pishirib sotyapti. E’tibor berib qarasam, tinmay yo‘talyapti. Oldiga borib, siz yomon yo‘talyapsiz, yuring, tekshirishga olib boray desam yo‘q, boshlig‘im ruxsat bermaydi deb turib oldi. Keyin rahbarining oldiga kirib, agar hozir bu odamni tekshirishga olib ketmasam, sizlarni SESga topshirvoraman deb qo‘rqitdim. Rozi bo‘lishdi. ‘Shashlikchi’ni tekshirganimizda, unda silning eng yuqumli turi aniqlandi. Agar u ‘shashlik’ka qarab yo‘talsa, uni yegan odamning imminuteti past bo‘lsa, tuberkulyozga chalinishi mumkin. Undan yana boshqasiga o‘tadi. O‘ylab ko‘ring, bir kunda nechta odam bozorga keladi?

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Dard — mehmon

    Yillar o‘tib tushundimki, dard inson uchun aslida bir sinov, kimni kimligini ajratib olishi uchun imkoniyat ekan. Bilasizmi, kasal bo‘lib Xorazmga qaytganimda ko‘pchilik iloji boricha men bilan ko‘rishmaslikka harakat qilardi. Mabodo yuzma-yuz kelib qolsak, ko‘zlarida qandaydir havotirni his qilardim. So‘rashgisi kelmasdi. Lekin Allohga shukr, bunday og‘ir paytda oilam, eng yaqin insonlarim yonimda turdi. Birga dardni yengib o‘tdik. Hozir soppa- sog‘man.

    Hozir silga chalinganimdan uyalmayman yoki kimdir men bilan gaplashmay qo‘yishidan qo‘rqmayman. Hozir men kabi kasallikka chalinganlarga yordam beryapman. Nechtasi sog‘ayib, rahmat aytib ketdi. Yaqinlaringiz yoningizda bo‘lsa, harakatlaringiz besamar ketmayotgan bo‘lsa, insonga shu yetadi. Qolganlari qiziqmas.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi. 

    15.02.2020, 12:19   Izoh (0)   59415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.