Ijtimoiy tarmoqlarda 13-fevral, payshanba kuni, keksa odamni haqoratlab, unga qo‘pol munosabatda bo‘layotgan erkakning videosi tarqaldi. Videoda keksa yoshli erkakni qiynab, unga turli savollar berayotgan o‘rta yoshli erkakni ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur videodagi holatni o‘rganib, u bo‘yicha ma’lumot berdi.
Xabar berilishicha, videodagi voqea Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.A. va uning 83 yoshli otasi o‘rtasida yuz bergan.
M.A.ning ma’lum qilishicha, otasi ikki marta insult bo‘lgan, shuning uchun, uning o‘rnidan turishi va yurishi mumkin emas. Voqea yuz bergan kuni M.A.ning otasi yarim tunda o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan, shu sababli erkak uni tinchlantirishga uringan. Biroq ota o‘g‘lining gaplariga kirmagach, M.A. jahl ustida unga shunday qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, video M.A.ning o‘gay o‘g‘li tomonidan videoga olingan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
Izoh (0)