O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ixtiyoriga to‘rtta Mi-35M vertolyoti yetkazib berildi. Ayni vaqtda vertolyotlar Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib turibdi, deb xabar beradi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali.
Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni O‘zbekistonga ikki yil ichida umumiy hisobda 12 ta jangovar-transport vertolyotlari yetkazishi lozim.
Mi-35M vertolyotlari dushmanning zirxli texnikasini yo‘q qilish va quruqlikdagi qo‘shinlarni havodan qo‘llab-quvvatlash xususiyatiga ega. U zamonaviy qurol-yaroqqa ega bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi.
Mi-35M odamlarni tashish uchun ham mo‘ljallangan.
Izoh (0)