London shahrida COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi, deb xabar beradi Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Angliyada yana bir bemorning tahlil natijalari unda yangi turdagi koronavirus borligini ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya bo‘ylab ushbu kasallikka chalinganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi”, — deydi professor Kris Uitt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi bemor virusni Xitoyda yuqtirib olgan. Hozirda u Londondagi ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash milliy tizimi markaziga joylashtirilgan.
Mavzuga doir: Qo‘qonda Xitoydan qaytgan 20 yoshli talaba vafot etdi. Uning o‘limi sababi ma’lum qilindi
Izoh (0)