Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo demokratik respublikasi Ebola bezgagi avj olgani munosabati bu kasallik bilan bog‘liq favqulodda holatni uzaytirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Kasallik ommaviy tarqalishi bilan bog‘liq oxirgi holat 2018-yil avgustida qayd etilgandi. Shundan beri Kongoning isyonchi guruhlari faoliyat olib boradigan sharqiy qismida 2,3 mingdan ortiq odam o‘ldi.
“KDRning xavfli va beqaror hududlaridan bo‘lgan sharqiy mintaqada Ebolaga oid bitta bo‘lsa ham hodisa qayd etilar ekan, katta ko‘lamdagi epidemiya tarqalishi ehtimoli saqlanib qoladi”, — dedi JSST rahbari Tedros Adan Gebreyesus.
Gebreyesus favqulodda holat kelgusi uch oy mobaynida JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
Izoh (0)