Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa byurosi mintaqaviy direktori Xans Klyugening O‘zbekitonga rasmiy tashrif bilan keldi. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Xans Klyuge boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy ustuvorliklaridan biri ekani alohida qayd etilgan. Jumladan, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda mamlakat salmoqli natijalarga erishdi, bu jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. JSST delegatsiyasi rahbari ushbu yutuqlarni tasdiqlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlat va jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonning vaksinatsiya sohasidagi yutuqlari, jumladan, deyarli butun aholi emlash bilan qamrab olingani e’tirof etildi.

Quad etilishicha, global tahdidlar va xavflar haqida so‘z borganda, JSST delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Mamlakatda virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha salmoqli profilaktik ishlar olib borilgani ta’kidlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Shu bilan birga, bezgak, polimiyelit va mamlakat miqyosidagi boshqa kasalliklarga to‘liq barham berish borasida O‘zbekiston erishgan yutuqlar e’tirof etildi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z borganda, parlament bilan yaqin hamkorlik qilishga urg‘u berildi. Bu sog‘liqni saqlash sohasida qabul qilingan xalqaro standartlarni qonunchilik darajasida mustahkamlash imkonini beradi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

BMT barqaror rivojlanish maqsadlari masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan onalik va bolalikni muhofaza qilish, xususan, JSSTning “Xavfsiz onalik” loyihasini birgalikda amalga oshirish, jamiyatda uchraydigan kasalliklar profilaktikasini davom ettirish sohasida hamkorlik qilish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham muhokama etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?