• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 11-fevralning asosiy xabarlari

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgani haqida ma’lum qildi. Koronovirus haqida 11 fevralning muhim xabarlari.

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1016 kishidan oshib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ulardan 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berib yuborilgan.

    Foto: Сentralmaine.com

    Foto: Сentralmaine.com

    Turkmanistonning Lebob viloyatida koronavirus kasalligidan bir kishi vafot etdi. U Xitoydan evakuatsiya qilingan Turkmaniston fuqarolaridan biri bo‘lgan. Qayd etilishicha, marhum haqidagi ma’lumotlar qat’iy sir saqlanmoqda. Shuningdek, Lebob viloyatidagi karantinda og‘ir ahvolda o‘rta yoshli fuqaro saqlanayotgani aytilmoqda.

    Rossiyaning Tyumen shahrida koronavirusdan tuzalgan talaba qizga uyiga javob berildi. Laboratoriya tekshiruvlari qizning butunlay sog‘ayganini ko‘rsatgan. Bemor qiz bilan muloqotda bo‘lgan boshqa talabalarda virus aniqlanmagan. Ularga ham karantindan so‘ng uyiga ruxsat beriladi.

    Mavzuga doir: Fotoreportaj: Xitoy aholisi koronavirusdan qanday himoyalanmoqda?

    Rossiyada 20 ming nafar odam koronavirus tufayli nazoratga olingan, AQShda esa koronavirusga chalingan odamlar soni 13 nafarni tashkil qilmoqda.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Yaponiyada koronavirus bilan kasallangan 161-bemor qayd etildi. Ulardan 135 nafari Yokogama portiga kelgan paytda ichida 3700 kishi bo‘lgan Diamond Princess sayohat kemasi yo‘lovchilari va ekipaj a’zolaridir.

    Mavzuga doir: Sellofan ostiga yashiringan xitoyliklar, axlat titayotgan O‘rgimchak odam, Iroqqa yoqqan qor. 11-fevralning eng qiziqarli suratlari

    Janubiy Koreyada yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallangan 28-bemor qayd etildi. Virus avvalroq kasallangan fuqaro bilan aloqa qilgan 30 yoshli xitoy fuqarosida aniqlangan. Ayol Koyan shahridagi kasalxonaga yotqizilgan. Koreyada koronavirusdan tuzalgan to‘rt kishiga uyga javob berilgan, kasalxonalarda 24 nafar bemor davolanmoqda, 865 nafari esa tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

    Vyetnamda koronavirusni yuqtirganlar soni 15 nafarga yetdi — kasallanganlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi yanvar oyidan boshlab 10-fevral kunigacha koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan 812 ta namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmaganini xabar qildi. Koronavirusga qarshi markaziy shtab 10-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmaganini ma’lum qildi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbariyatiga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha eslatma bilan chiqdi.

    Jahondagi vaziyat

    AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi kurash joriy yilning aprel oyida yakuniga yetishini bashorat qildi. “Koronavirus bo‘yicha: odamlar kasallikning aprel oyida kunlar isishi natijasida yo‘q bo‘lib ketishini aytmoqda,” — deya Trampning gubernatorlar bilan uchrashuvda aytgan so‘zlarini keltirgan press-pul.

    Foto: Washington Times

    Foto: Washington Times

    AQShda Milliy xokkey ligasi klublari va o‘yinchilari Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab o‘yin klyushkalari taqchilligi muammosiga duch kelmoqda, deb yozadi Boston Globe. Ta’kidlanishicha, liga o‘yinchilarining qariyb 75 foizi Xitoydagi korxonalar tomonidan tayyorlanadigan klyushkalardan foydalanadi. Koronavirus tarqalishi sabab esa klyushkalarni yetkazib berish uzilib qolgan. Avvalroq 421 ta kompaniya shu yilning birinchi choragidagi daromadlari to‘g‘risidagi hisobotlarida Xitoyda tarqalgan koronavirus moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgandi.

    Mavzuga doir: Koronavirus sababli 400 dan ortiq kompaniyaning daromadi pasayib ketishi ma’lum qilindi

    Xitoy taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi vakili Sun Lyan mamlakatdagi asosiy sanoat tarmoqlari bo‘yicha korxonalar koronavirus tarqalishi sharoitida ishlab chiqarishni davom ettirishni boshlaganini ma’lum qildi. “Mamlakatdagi umumiy vaziyatdan kelib chiqsak, Xubey provinsiyasidan tashqari barcha joylarda ishlab chiqarish, ayniqsa, tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari, energetika, transport va logistika kabi asosiy ishlab chiqarish sohalari o‘z faoliyatini asta-sekin tiklamoqda”, — degan Sun Lyan.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tomonidan iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, bu orqali epidemik vaziyatning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish, uni kamaytirish va shu yil uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarini belgilab olish kerakligi ma’lum qildi. “Iqtisodiyotimizning uzoq kelajakdagi taraqqiyoti o‘zgarmasligiga ishonchni yanada mustahkamlash lozim. Epidemiyaning iqtisodiyotga ta’siri vaqtinchalik, muammolardan cho‘chimaslik kerak”, — degan Si Szinpin.

    Shunigdek, Si Szinpin koronavirus tarqalishi sharoitida odamlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini ta’kidladi. “Iste’molni barqarorlashtirish, onlayn-iste’mol sohasini rivojlantirish. Turli tashkilot va sanoat korxonalarining qayta ish boshlashini faollashtirish, epidemiya ta’sir ko‘rsatgan katta korxonalarga, eng avvalo, moddiy va kadrlar nuqtayi nazaridan zaruriy ko‘mak berish, ularning qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga yordam qilish kerak”, — deydi Si Szinpin.

    Foto: France 24

    Foto: France 24

    Si Szinpin hukumatning barcha darajadagi rahbarlari tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, ularga muammolarni hal etishda yordam qilishi, shifokorlar xavfsizligini ta’minlashi zarurligi haqida gapirdi. “Biz ko‘p sonli tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim, ular tanaffussiz kun-u tun bor kuchlari bilan kasallikka qarshi kurash olib bormoqda. Afsuski, tibbiyotchilar orasida koronavirusga yo‘liqqanlar ham kam emas, ayrimlar xastalik bilan kurashib vafot etdi”, — deyilgan Xitoy yetakchisi rasmiy saytidagi bayonotda.

    Mavzuga doir: Foto: Xitoy shifokorlarining tibbiy niqobni yechganidan so‘ng ko‘rinishi

    Yaponiya hukumati koronavirus tufayli karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilishni boshladi. Kema yo‘lovchilarining yarmidan ko‘prog‘ini yoshi 70 dan oshganlar tashkil etmoqda.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Qozog‘iston koronavirus sabab Xitoydan 217 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi, ular kamida uch kun karantinda bo‘lishadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov xabar berdi. “Bugun ertalab 217 kishi Pekindan Nur-Sultonga qaytib keldi”, — deydi vazir.

    11.02.2020, 20:53   Izoh (0)   124240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Abdulla Qodiriy muzeylari Madaniyat vazirligi tizimida tashkil etiladi

    11.02.2020, 20:37

    Farg‘onadagi tanasidan 16 dona igna topilgan bola 3 yoshga to‘ldi

    11.02.2020, 20:22

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarga ziyorat odobini o‘rgatishni taklif qildi

    11.02.2020, 19:52

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12-fevral kuni qor yog‘ishi mumkin

    11.02.2020, 18:37

    Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: “Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi

    11.02.2020, 18:22

    O‘zA o‘z saytini yangilash uchun davlatdan 5,4 mlrd so‘m olmoqchi. Pullar agentlik direktori shaxsiy javobgarligiga beriladi

    11.02.2020, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.