Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasini xususiylashtirib olgan Ofelos Plaza kompaniyasi “Ilhom” teatridan aprel oxiriga qadar binoni bo‘shatib qo‘yishni so‘ragani, davlat tomonidan 1976-yilda teatr asoschisi marhum Mark Vaylga ajratib berilgan makonning yo‘qotilishi, jamoa fikricha, teatr uchun o‘lim hukmining o‘qilishi bilan teng ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Ofelos Plaza kompaniyasining xatida ta’kidlanishicha, 2020-yilda Toshkentning Shayxontohur tuman hokimligi talabi bilan binoni to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi. Bunga shahar markazida joylashgan yoqimsiz ko‘rinishdagi binoning tashqi qiyofasi poytaxtning umumiy manzarasini buzib turgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, “Shodlik” mehmonxonasi binosi xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib, Toshkent shahar hokimligi tasarrufida emas.
Shahar hokimligi tomonidan ta’kidlanishicha, Shayxontohur tumani hokimligi tadbirkorga ushbu binoni rekonstruksiya qilish tashabbusi bilan chiqqanligiga oid ma’lumot o‘rganilmoqda. Bu masala aniqlashtirilgach, uning tafsilotlari haqida yana ma’lumot beriladi.
Izoh (0)