• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashning yangi tuzilmalarini tashkil qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral, seshanba kuni, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.

    O‘zbekiston ham bu muammodan xalos bo‘lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan, deyiladi xabarda.

    O‘zbekiston aholisning  fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.

    Tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25—30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas.

    Davlat rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.

    Yig‘ilishda ushbu yangi tuzilmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

    Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda bu illatdan qutulish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish lozimligi belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplayens nazorat” tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

    Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tiziminining barcha tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga kiritish shartligi ta’kidlandi.

    Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Ushbu illatga qarshi kurashishdagi muhim vositalardan yana biri — jamoatchilik nazorati.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faolligi sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.

    Hozirda jamoatchilik bilan ishlash tizimi joylarda va sohalarda xalqni qiynayotgan masalalarni davlat miqyosiga olib chiqib, hal qilishda natija ko‘rsata olmayapti. Ko‘p nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rasmiyatchilikdan iborat bo‘lib qolmoqda.

    “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi kabi yirik birlashmalardan aholi qanday naf ko‘ryapti, ular hayotdagi qaysi o‘tkir masalani ko‘tarib, hal qilishga erishdi, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yo‘q, deyiladi xabarda.

    Shu bois Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifini ham bildirgan edi.

    Yig‘ilishda ushbu palataning asosiy vazifalari, tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

    Jamoatchilik palatasi aholi fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi, ularning yechimini topish bo‘yicha davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qo‘yishi zarurligi ta’kidlandi. “Jamoatchilik eshituvi”, “jamoatchilik monitoringi”, “jamoatchilik ekspertizasi”, “jamoatchilik tashabbusi” kabi ta’sirchan nazorat shakllarini hayotga tatbiq etish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat idoralari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini jonlantirish, ularga har tomonlama uslubiy ko‘mak berish ham yangi palata faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘ladi.

    Shu kabi vazifalardan kelib chiqib, Jamoatchilik palatasining tashkiliy-huquqiy asosini yaratish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo‘yicha 2020—2021-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish, jamiyat hayotiga oid muammolarni o‘rganish va samarali hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar ajratish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    11.02.2020, 21:23   Izoh (0)   53747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Abdulla Qodiriy muzeylari Madaniyat vazirligi tizimida tashkil etiladi

    11.02.2020, 20:37

    Farg‘onadagi tanasidan 16 dona igna topilgan bola 3 yoshga to‘ldi

    11.02.2020, 20:22

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarga ziyorat odobini o‘rgatishni taklif qildi

    11.02.2020, 19:52

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12-fevral kuni qor yog‘ishi mumkin

    11.02.2020, 18:37

    Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: “Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi

    11.02.2020, 18:22

    O‘zA o‘z saytini yangilash uchun davlatdan 5,4 mlrd so‘m olmoqchi. Pullar agentlik direktori shaxsiy javobgarligiga beriladi

    11.02.2020, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    18 avgust, 21:35

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vinisius sentyabr oyida Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaydi

    Sport | 19 avgust, 09:26

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    Dunyo | 19 avgust, 09:19

    Shunchaki rekvizit emas: filmlardagi ovqatlar ham nimagadir ishora qilishini bilarmidingiz?

    Kino | 19 avgust, 09:05

    O‘zbekistonda mehnat inspektorlariga oldindan ogohlantirmay tekshiruv o‘tkazishga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 09:03

    Zelenskiy: Hududlar masalasini men va Putin o‘rtasida qoldiramiz

    Dunyo | 19 avgust, 08:45

    HAMAS Isroil bilan sulh kelishuvini qabul qildi — OAV

    Dunyo | 19 avgust, 08:30

    Jizzax ko‘chalarida drift qilib, qoidalarni buzgan haydovchilar javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 00:10

    “Tramp bilan uchrashuvdan oldin NATO va Yevropa rahbarlari bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirdik” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 avgust, 23:55

    Google Avstraliyaning monopoliyaga qarshi qonunlarini buzgani uchun 30 mln yevro jarimaga tortildi

    Dunyo | 18 avgust, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.