Xalmurza Bekchanov Qoraqalpog‘iston Davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar etib tayinlandi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xalmurza Bekchanov ushbu tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesining budjet, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.
Bekchanov 1971-yilda Nukusda tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Bekchanov, shuningdek, 2009-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Davlat soliq qo‘mitasiga Kallibek Xalmuratov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Izoh (0)