Bugun, 10-fevral kuni soat 10:35 da Ichki ishlar organlariga Chilonzor tumanidagi “Sovplastital” korxonasi binosi orqasida, Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tadigan kanaldan chaqaloq topilgani haqida xabar kelib tushdi, deb yozmoqda IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB va prokuratura rahbarlari yetib kelgan. Ish Toshkent shahar IIB nazoratiga olingan.
Xabarda aytilishicha, voqea ko‘plab Telegram guruhlar tarqatganidek Olmazor tumanida sodir bo‘lmagan.
Izoh (0)