Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida uyida qulflanib qolgan 3 yoshli bola qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7-fevral kuni soat 13:30 da Zarafshon shahar 1 kichik tumanida yashovchi S.B shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga telefon qilib, uyida 3 yoshli o‘g‘li qulflanib qolgani, farzandidan xavotirlanayotganini bildirgan.
Voqea joyiga soat 13:36 da yetib borgan yong‘in-qutqaruv xodimlari narvon yordamida uyning 3-qavatida joylashgan xonadonga deraza orqali kirgan va bola onasiga sog‘-salomat topshirilgan.
Izoh (0)