• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 7-fevralning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Vafot etganlarning katta qismi — 618 nafar odam Xubey provinsiyasida joylashgan Uxan shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Uxan shahridagi krematoriylar koronavirus sabab to‘lib ketgan. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 31 161 kishini tashkil qilmoqda.

    Qayd etilishicha, Xubey provinsiyasida so‘nggi bir kunda 2 447 ta kasallanish tashxisi qo‘yilgan. Tuzalgan 184 nafar bemorga kasalxonadan javob berilgan.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni yangi yuqtirib olganlar soni epidemiya boshlanganidan beri birinchi bor avvalgi kunga nisbatan kamroq. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda dasturlar bo‘yicha ijrochi direktori Mayk Rayan ma’lum qilgan.

    7-fevral, juma kuni Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus bilan kasallangan 24-bemor qayd etilganini ma’lum qildi. Avvalroq hukumat koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 23 nafarni tashkil etgani haqida xabar qilgandi. Shuningdek, ikki kishi kasallikdan tuzalgani va ularga uyga javob berilganini ma’lum qilgandi.

    Koronavirusdan davolanganlarda uni qayta yuqtirib olish xavfi mavjud. Shifokor Chjan Sinyuanning aytishicha, tuzalib ketgan bemorlarda qaytadan kasallikka chalinish xavfi bo‘lgani sabab, ular barcha himoya choralarini ko‘rishi shart.

    Mavzuga doir: Foto: Virus tarqalganidan so‘ng Uxandagi tibbiyot xodimlarining kun tartibi

    Italiyada ilk marta koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etildi. Virus Xitoyning Uxan shahridan uyiga qaytgan italiyalikda aniqlangan. 4-fevral, seshanba kuni harbiy samolyotda Uxandan 56 nafar Italiya fuqarosi olib kelingan va ular Rim shahridagi Chekkinyola harbiy shaharchasiga karantin uchun joylashtirilgandi.

    Foto: Weibo

    Foto: Weibo

    Uxandagi gospital yangi turdagi koronavirus xavfi haqida birinchilardan bo‘lib ogohlantirgan shifokor Li Venlyan koronavirus oqibatida vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli shifokor 7-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:58 da olamdan o‘tgan. Li Venlyan 2019-yilning dekabrida virus yuqtirib olgan bemorlar haqida hamkasblarini ogohlantirishga uringan. Dastlab u atipik pnevmoniya epidemiyasini chaqiradigan virus haqida WeChat orqali ommaga ma’lum qilgandi.

    Foto: Daily Mail

    Foto: Daily Mail

    Xitoyning Ninbo shahrida 23-yanvar tongida bozorga borgan 56 yoshli erkak 15 soniyada koronavirus yuqtirib olgan. U rastalar orasida 15 soniyaga koronavirus bilan xastalanagan 61 yoshli ayol bilan to‘qnashgan. U infeksiya yuqtirib olganini 4-fevral kuni bilgan, ungacha esa ikkita supermarket va bitta restoranga borib infeksiya “tarqatib” kelgan.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qilishicha, 7-fevral, juma kuni, Xitoydan kelgan fuqarodan tahlil uchun namunalar olinib, agentlikning virusologiya laboratoriyasiga jo‘natilgan. “Ushbu namunalardan koronavirus infeksiyasi topilmagan”, — deyiladi agentlik axborotida.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan telefonda suhbatlashib, qozog‘istonliklarning Xitoydan evakuatsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

    Mavzuga doir: “Bitta dorixonada kuniga 700 dona maska sotilmoqda”. Toshkent dorixonalarida niqoblarning defitsiti kuzatilmoqda

    Xitoy koronavirusi tarqalgani haqidagi xabarlar ortidan O‘zbekistonda tibbiy himoya niqoblariga bo‘lgan talab oshib, ularning taqchilligi va buning oqibatida narxlar oshishi holati yuzaga keldi. “Daryo” muxbirlari niqobga bo‘lgan talab, yetishmovchiliklar va qimmatlab ketishi sabablarini o‘rganish maqsadida poytaxt Toshkentda va O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi dorixona xodimlari bilan suhbatlashib, muammo sabablarini o‘rganib chiqdi.

    Mavzuga doir: “500 so‘mdan 5000 so‘mgacha oshdi”. “Daryo” O‘zbekiston dorixonalaridagi tibbiy niqoblar narxini o‘rgandi

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘z vakolatlari doirasida dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishini ma’lum qilib, farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, litsenziya talablari va shartlariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.

    Turli yuqumli kasalliklar viruslari keng tarqalishining oldini olish maqsadida Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan “Toshshahartransxizmat” avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda dezinfeksiya ishlarini boshladi. Xabar berilishicha, ushbu sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Bu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi. “Har ikki tomondan biologik xavfsizlik choralariga rioya qilish virusologiya mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nazorat qilindi. Pekindan yo‘lovchilar uchinchi reys bilan Toshkentga mahalliy vaqt bilan soat 04:40 da yetib keldi. Samolyot bortida 251 yo‘lovchi, ekipaj a’zolari va zamonaviy himoya vositalari bo‘lgan tibbiyot vakillari bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

    Namanganda “Antikoronavirus” maxsus taktik-o‘quv mashqi o‘tkazildi. Kosonsoydagi chegara-bojxona postida tashkil etilgan o‘quv mashqida viloyat hududiga yangi koronavirus kirib kelishining oldini olishda tegishli xizmatlar hamkorligi, xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish tartibi amalda sinab ko‘rildi.

    “O‘zavtosanoat” koronavirus sabab Xitoydan yetkazib beriluvchi ehtiyot qismlar tanqisligi kuzatilishi oqibatida Chevrolet Equinox’ni ishlab chiqaruvchi zavodlar vaqtincha faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar berdi. Bu esa O‘zbekistonga Chevrolet Equinox avtomobillarini olib kelishda kechikishlarga sabab bo‘ladi. 

    Jahondagi vaziyat

    Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi koronavirus sababli Xitoydan ehtiyot qismlari yetkazib berilishi qisqargani uchun mashinalar yig‘ishni to‘xtatdi. Kia kompaniyasi ham shunday yo‘l tutishi kutilmoqda.

    5-fevral, chorshanba kuni, o‘tkazilgan savdoda Tesla kompaniyasi aksiyalarining narxi 20,6 foizga “quladi”. Nasdaq birjasi yopilishida bir dona aksiya narxi 734,7 dollar bo‘lib, bir kun avval bilan solishtirilganda 17,2 foizga kam.

    Qayd etilishicha, Tesla kompaniyasi Shanxaydagi zavoddan fevral oyida mashinalarni olib kelishi kerak bo‘lgan, biroq koronavirus sabab mashinalarni xaridorlarga yetkazib berish keyinga qoldirilgan. Shundan so‘ng, aksiyalar narxi tushib ketgan.

    Xitoyning Geely avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi viruslarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydigan havo filtrlash tizimiga ega avtomobilni yaratishga 53 million dollar sarmoya kiritadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mazkur mashina bundan keyin koronavirusga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilmoqda.

    Yangi Zelandiya hukumati Uxan shahridan 190 kishini evakuatsiya qildi. 5-fevral kuni ertalab soat 06:45 da Uxandan parvoz qilgan havo kemasi bortida Yangi Zelandiya fuqarolaridan tashqari yana bir nechta mamlakat fuqarosi bo‘lgan. Xususan, yo‘lovchilar orasida Papua-Yangi Gvineya (17 kishi), Timor-Leshti (17 kishi), Samoa (5), Tonga (4), Fiji (2), Kiribati, Mikroneziya federal shtatlari, O‘zbekiston va Niderlandiya fuqarolari borligi aytilmoqda.

    Foto: Stuff

    Foto: Stuff

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus vaksinasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan global forum tashkil etilishini e’lon qilgan. Uchrashuv 11—12-fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadi. “JSST ilmiy jamoatchilikni tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va taraqqiyotni tezlashtirish uchun (koronavirus vaksinasini yaratish) birlashtirib, muhim muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi”, — deydi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

    Shunigdek, Maykl Rayanga ko‘ra, virusga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emas.

    Tibbiy maxsus niqoblar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar ushbu mahsulotga bo‘lgan talab koronavirus tarqalishi xavotiri ortidan ko‘payib ketganini ma‘lum qildi. Rossiyaning “FK Puls” farmatsevtik kompaniyasi vakili niqoblarning to‘liq sotib bo‘linganini bildirgan. “Niqoblar qolmagan. Ayni vaqtda may oyi boshidan ularga navbat olinmoqda”, — deydi tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona vakili.

    Qozog‘istonning “Kazpochta” pochta operatori Xitoyga jo‘natiladigan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini to‘xtatdi. “Xitoy pochta ma’muriyati tashabbusi bilan Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida avto, avia va temir yo‘l qatnovi orqali pochta almashinuvi bekor qilindi”, — deb xabar berdi “Kazpochta” mutasaddilari.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yaponiyada 4 ming kishilik sayohat kemasi koronavirus sababli karantinga olindi. Kemadagi 10 kishida koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi aniqlandi. Rasmiylarning qaroriga asosan, bortida to‘rt mingga yaqin kishi bo‘lgan kema ikki hafta muddatga Yokogama qirg‘oq akvatoriyasida karantinga olingan.

    Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar

    Yaponiya Mudofaa vazirligi karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasidagi odamlarga yordam berish maqsadida 100 ga yaqin askarlar jo‘natishga qaror qildi. Harbiylar laynerga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish uchun jalb etiladi.

    Gonkong fan va texnika universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qisqa vaqt ichida aniqlovchi qurilmani ixtiro qildi. “Mikrosuyuq chiplarning yangi texnologiyasi tufayli qurilma koronavirusni 40 daqiqada aniqlay oladi”, — deyiladi xabarda. Hozirda koronavirusni aniqlash uchun ishlatilayotgan texnologiya bu jarayon uchun 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflaydi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Xitoyda koronavirus aniqlanganini yashirib, kasallik tarqalishiga sabab bo‘lgan mansabdorlar qidirilmoqda. Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy komissiyasi Xubey provinsiyasi rasmiylari epidemiya tarqalishiga ko‘z yumgan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda. Ular koronavirus haqida ma’lumot tarqatgan shifokor Li Venlyanning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgan.

    Xitoy koronavirus tarqalishi sabab mamlakatga nisbatan keskin cheklov choralarini ko‘rgan davlatlarga nisbatan noroziligini bildirdi. “Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya tarqalgandan so‘ng Xitoy kasallik keng tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun eng keng qamrovli va qat’iy choralarni ko‘rdi va bu harakatlar hozirda ijobiy natijalarni bermoqda”, — degan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin. Shu bilan birga, Xitoy hukumati 14-fevraldan mamlakatga AQShdan olib kirilayotgan umumiy qiymati 75 milliard dollar bo‘lgan ayrim tovarlarga davlat boji miqdorini ikki baravarga kamaytirishini ma’lum qildi.

    Koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan mingdan ortiq firibgarlik ishlari fosh etilgan. Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari uchta asosiy firibgarlik sxemasini aniqlagan.

    Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya instituti 2016-yildayoq Amerikaning Gilead Sciences biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Remdizivir”ga patent olish uchun talabnoma kiritdi. E’lon qilingan hisobotida ushbu dori vositasi va bezgakni davolashda foydalaniladigan xloroxin bilan birga qo‘llanganda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda samarali ekanligi ta’kidlangan.

    Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi esa koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va uning oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virusni samarali to‘xtatishga qodir.

    Fotoreportaj: Yaponiya qirg‘oqlarida karantinga olingan Diamond Princess kemasidagi hayot

    AQShning Time jurnali o‘zining navbatdagi soni muqovasiga tibbiy niqob taqqan Xitoy prezidenti Si Szinpinning portretini joylashtirdi.  Jurnalda e’lon qilingan maqolaga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi ortidan yuzaga kelgan inqiroz Xitoy jamiyatining va siyosiy hokimiyatning haddan tashqari markazlashuvidan kelib chiqqan mamlakatni boshqarish tizimining mo‘rtligini ko‘rsatdi.

    Foto: Time

    Foto: Time

    Koronavirus tarqalishi Si Szinpinning Xitoy asri haqidagi orzularini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

    07.02.2020, 21:21   Izoh (0)   157972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zto‘qimachiliksanoat” Xitoyga viza olish uchun ariza rasmiylashtirishni to‘xtatdi

    07.02.2020, 20:51

    Toshkentda “Gazel” yuk poyezdiga urildi (video)

    07.02.2020, 20:20

    Qashqadaryoda haydovchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX katta inspektori ishdan olindi

    07.02.2020, 19:49

    Rossiya hukumati politsiya bo‘linmasida 11 yil oldin qiynoqqa solingan o‘zbekistonlik migrantga 25 ming yevro to‘laydi

    07.02.2020, 19:34

    Alisher Qodirov: O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun O‘zbekiston havo yo‘llari va temir yo‘llari monopoliyasini yo‘qotish kerak

    07.02.2020, 19:03

    O‘zbekistonda dam olish kunlari shamol tezligi kuchayib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    07.02.2020, 18:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.