2020—2024-yillarda O‘zbekiston Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, davlat sektorida mehnatga haq to‘lash tizimini isloh qilish mo‘ljallangan.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning muvaffaqiyatli islohotlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida davlat sektorida amaldagi mehnatga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Davlat sektoridagi mehnat resurslari samaradorligi va natijadorligini oshirishni, davlat sektori xodimlarining mutanosib mehnatiga haq to‘lashning tengligi, adolatliligi va shaffofligi hisobiga uyg‘un ish jarayonini o‘rnatishni nazarda tutuvchi davlat sektorida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha strategiya ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)