• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    2020-yil yanvari fojialari haqidagi karikatura internetda aylanib yuribdi. Biz uni tahlil qildik

    2020-yilning ikkinchi oyi ham yarimlab bormoqda. 2020-yilning birinchi oyi – yanvar esa juda voqealarga boy bo‘ldi. Rassom Joshua Kabreraning Filippin gazetasi – The Sun Star Cebu uchun chizilgan, yanvar voqealariga bag‘ishlangan quyidagi karikaturasi ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashib ketdi.

    Foto: Joshua Kabrera / The Sun Star Cebu

    Foto: Joshua Kabrera / The Sun Star Cebu

    Yosh jurnalist Dilbar Ismatullayeva ushbu karikaturani sinchiklab o‘rganib, mag‘zini chaqishga urindi. Quyida uning bu boradagi mulohazalarini keltiramiz.

    Mavzuga doir:

    Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?

    J harfi bilan karikatura muallifi Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlariga ishora qiladi. Xabaringiz bor, Avstraliyaning Janubiy Uels shtatidagi yong‘in 1-yanvar kuni 176 ta turar joyni yo‘q qilib yubordi. Mamlakatning janubi-sharqida ro‘y bergan yong‘inlar 30 ga yaqin odamning umriga zomin bo‘ldi. Oltita shtatda jami 73 ming kvadrat kilometr (Irlandiya hududi kattaligida) maydon yonib ketdi. Rasmiy ma’lumotga qaraganda, yong‘in 1,5 mingdan ortiq uy-joyni yaroqsiz holatga keltirdi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Yong‘in ko‘plab o‘rmon jonivorlari, jumladan, 8 mingdan ortiq koala nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Milliarddan ortiq boshqa turdagi jonivorlar halok bo‘ldi. O‘n kun mobaynida yong‘inga qarshi kurashgan har bir ko‘ngilli shaxs 4 200 dollar miqdorida mukofot oldi. Yong‘in ayrim turlar butunlay yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yong‘in keltirgan umumiy zarar 3,5 milliard dollarga baholanmoqda.

    Mavzuga doir:

    Foto: Olov ichida qolgan Avstraliya

    A harfi, taxminimcha, Filippinda otilgan vulqon bilan bog‘liq. 12-yanvar kuni Filippinda Taal vulqoni otildi. Mamlakat hukumati to‘rtinchi xavf darajasini qayd etdi; vulqon atrofida yashovchi 80 mingdan ortiq aholi 283 ta evakuatsiya markaziga ko‘chirildi. 14 ta shahar darvozalari bekitib qo‘yildi. Uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qoldi.

    Foto: LETA

    Foto: LETA

    N harfi Eronning raketa zarbalariga ishora. Ma’lumki, 7-yanvardan 8-yanvarga o‘tar kechasi Eron Iroqda – Ayn al-Asad va Arbilda joylashgan AQSh harbiy bazalariga raketa zarbasi berdi. Eron ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, zarba natijasida 80 kishi qurbon bo‘ldi. Biroq Tramp Oq Uydan AQSh xalqiga qilgan murojaatida amerikaliklarning hech biri jabrlanmaganini aytdi.

    Foto: Deutsche Welle

    Foto: Deutsche Welle

    Eronning havo hujumi paytida Ukrainaning Kiyevga tomon yo‘lga chiqqan “Boeing 737-800” samolyoti ikki raketa vositasida “xatolik tufayli” urib tushirildi. Bortida Kanada, Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan samolyotning barcha 176 yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Video: Eronda Ukraina samolyotiga berilgan ikkita raketa zarbasi
    • Ukraina Boeing halokati qurbonlari oilalariga to‘lanadigan tovon puli miqdorini e’lon qildi
    • Eron prezidenti Ukraina xalqiga hamdardlik bildirdi va Boeing halokati aybdorlarini jazolashga va’da berdi
    • “Hech kim qutulib qola olmaydi”. Ukraina prezidenti Eronda urib tushirilgan samolyot bo‘yicha murojaat qildi
    Ma’lumot o‘rnida, AQSh qo‘li bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan edi. Yuqoridagi harbiy amaliyot Eronning Amerikadan olgan o‘chi bo‘ldi. Sulaymoniyning dafn marosimi sababli 3 millionga yaqin eronlik ko‘chaga chiqdi, namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Eronning eng nufuzli generalini o‘ldirib qo‘ydi. Endi nima bo‘ladi?
    • AQSh va Eron o‘rtasidagi urush muqarrarmi?
    U harfi yil boshlanishi bilanoq sodir bo‘lgan va ko‘plab talafotlarga olib kelgan zilzilalar, jumladan, 26-yanvar kuni Turkiyaning Sivrije shahri yaqinida ro‘y bergan zilzilaga ishora.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Turkiyada kuzatilgan zilzila mutaxassislar tomonidan 6,5–6,8 balli deb hisoblandi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 1 243 odam jarohat oldi, 35 kishi halok bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 35 nafargacha ko‘paydi

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zilzilada halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

    A harfi, sezib turganingizdek, Indoneziyadagi suv toshqinlariga ishora. Yangi yilning 2-yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakartada kuchli suv toshqini kuzatildi. Bunga kuchli yog‘ingarchilik sabab qilib ko‘rsatildi. Ayrim tumanlarda suv toshqini balandligi 3 metrgacha yetdi. Toshqinlar natijasida 35 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. “Daryo” toshqin qurbonlari soni 66 kishiga yetgani haqida xabar bergan edi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Yuqoridagi fojialarning barchasi yanvar oyining o‘zidayoq barham topdi va ularning oqibatlarini aniq aytib berish mumkin. Biroq R harfida ifodalangan koronavirus muammosini, fevral yarimlab boryapti hamki, bartaraf etishning iloji bo‘lmayapti. Kasallik 6-fevralga kelib dunyoning 24 davlatiga tarqaldi. Xitoyda kasallanganlar soni 28 mingdan oshib ketdi.

    Mavzuga doir:

    Xitoyda tarqalgan koronavirus haqida bilish zarur bo‘lgan ma’lumotlar

    Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 5-fevralning asosiy xabarlari

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 2 912 fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularning hech birida kasallik alomatlari aniqlanmadi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Y harfi orqali karikatura muallifi basketbol afsonasi Kobi Brayantning o‘limiga ishora qiladi. 26-yanvar kuni ikki karra Olimpiya chempioni Brayant aviahalokat qurboni bo‘ldi. 41 yoshli basketbolchiga tegishli vertolyot Kaliforniya janubidagi Kalabasas shahrida halokatga uchradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Qurbon bo‘lganlar to‘qqiz kishini tashkil etib, ular orasida basketbolchining 13 yoshli qizi Mariya ham bo‘lgan. Ular mashg‘ulotga ketayotgan bo‘lgani haqida ma’lumot bor. O‘sha vaqtda halokat hududida tumanli ob-havo qayd etilgan. Aviahalokat sababi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:

    Fotogalereya: Afsonaviy Kobi Brayant va uning qizi Janna ko‘cha rassomlari nigohida

    Nihoyat, karikaturaning quyi qismidagi 2020-sonidagi sichqon tasviri sichqon yiliga ishora.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    07.02.2020, 18:48   Izoh (0)   110477
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gonkonglik olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna ixtiro qildi

    07.02.2020, 17:47

    Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar

    07.02.2020, 16:13

    Xitoyda koronavirus tarqalganini yashirishga uringan mansabdorlar qidirilmoqda

    07.02.2020, 15:58

    Video: Hindistonda 7 yashar qiz terini toshdek qotirib qo‘yadigan noyob kasallikdan aziyat chekmoqda

    07.02.2020, 14:41

    AQSh “Al-Qoida” yetakchilaridan biri o‘ldirilganini ma’lum qildi

    07.02.2020, 14:25

    Tramp impichment jarayonini “do‘zax” deb atadi

    07.02.2020, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.