Toshkentda Z.M. Bobur nomidagi Markaziy ekoparkka hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy travmatologiya va ortopediya tibbiyot markaziga keluvchi toshkentliklar va poytaxt mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida Maxtumquli ko‘chasida qayrilib olish joyi ochildi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu Maxtumquli va Sodiq Azimov ko‘chalari kesishmasida transport vositalari oqimini kamaytirishga yordam beradi.
Izoh (0)