O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya sharqidagi Van muzofotida yuz bergan qor ko‘chishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral kuni sayyohlar guruhi qor ko‘chkisi ostida qolgan, natijada besh kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar ularni qidirish uchun yo‘lga tushgan, ular 5-fevral kuni, yangi ko‘chki ostida qolgan. Ikkinchi qor ko‘chkisi 23 kishining umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida uch nafar o‘t o‘chiruvchi, sakkiz nafar jandarmeriya ofitseri, uch nafar qo‘riqchi va qidirishda yordam bergan to‘qqiz nafar fuqaro bo‘lgan.