The Walt Disney Company kompaniyasi ikki oyga yopiladigan Gonkong va Shanxaydagi ko‘ngilochar bog‘lari sabab 175 million dollar zarar ko‘radi. Bog‘larning yopilishiga koronavirusning tarqalishi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi “Kommersant”.
“Bog‘larning yopilishi odatda odamlar ko‘p keladigan chorakka va Xitoy Yangi yiliga to‘g‘ri kelib qoldi”, — deydi Disney moliyaviy direktori Kristina Makkarti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ko‘radigan zarar bog‘larning aniq qancha muddatga yopilishiga va qachondan odatdagi rejimda ishlashiga bog‘liq. Disney ikkinchi chorakda Shanxaydagi attraksionlaridan 135 million, Gonkongdagidan esa 40 million dollar zarar ko‘rishi mumkin.
Mavzuga doir:
Izoh (0)