• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?

    2020-yilning yanvar oyi ham nihoyasiga yetdi. Bu galgi yanvar dunyo miqyosida muhim voqea-hodisalarga to‘la bo‘ldi. Keling, o‘tgan oyda yuz bergan eng muhim voqealarni yana bir bor yodga olaylik.

    Bir necha oydan buyon davom etgan Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari yanvar oyi boshida ham davom etdi. Yong‘in natijasida bir necha yuz million hayvon qirilib ketdi.

    1-yanvar. Xorvatiya Yevropa Ittifoqi maslahat kengashi raisligini qabul qilib oldi. U Finlyandiya o‘rnida ittifoqni boshqaradi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Yangi yilning ilk kuni Iroqda keng ko‘lamli namoyishlar bilan yodda qoldi. Iroqliklar Bag‘doddagi AQSh elchixonasi oldida norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Namoyishchilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida tarqatib yuborildi. AQSh Iroqdagi Eronga tarafdor militsiya bazalariga havodan uyushtirgan hujumlari namoyishlarning bosh sababi edi.

    3-yanvar. AQSh harbiylari Iroqda o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida eronlik general, mamlakatning ikkinchi darajali eng qudratli kishisi Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. Bu harbiy-siyosiy inqiroz keltirib chiqardi.

    5-yanvar. Xorvatiyada prezident saylovining ikkinchi turi o‘tkazildi. Xuddi shu kuni O‘zbekistonda parlament saylovining ikkinchi turi o‘tkazildi. Birinchi turda yetarli ovoz to‘play olmagan deputatlar ikkinchi turda omadini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.

    7-yanvar. Eronda Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda qatnashish uchun juda katta olomon yig‘ildi. Bu, o‘z navbatida, tartibsizliklar keltirib chiqardi. Tiqilinch natijasida ellikka yaqin kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.

    8-yanvar. Eron harbiy havo kuchlari AQShning Iroqdagi Arbil hamda al-Asad harbiy bazalariga qarata raketa zarbalari yo‘lladi. Raketa hujumi natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 64 kishi jarohatlangan.

    Shu kuni Ukraina aviatsiyasiga tegishli Boeing samolyoti Eron raketa zarbalari natijasida urib tushirildi. Samolyot bortida bo‘lgan 176 nafar kishining barchasi halok bo‘lgan. Samolyot Imom Humayniy aeroportidan havoga ko‘tarilgan paytda urib tushirilgan. Eron tomoni ushbu hodisa tasodifiy xatolik tufayli yuz berganini tan olgan. Ular samolyotni dushman nishoni deb o‘ylab xatoga yo‘l qo‘ygan. Samolyot bortida asosan Eron va Kanada fuqarolari bo‘lgan.

    10-yanvar. Ummon sultoni Qobus ibn Said vafot etdi. Uning o‘rniga taxtga Haysam ibn Tariq o‘tirdi.

    15-yanvar. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligidagi hukumat kutilmaganda iste’fo berdi. Soliq qo‘mitasi raisi Mixail Mishustin yangi hukumatni shakllantirdi va bosh vazir etib tayinlandi. Medvedev esa Xavfsizlik kengashi raisi etib tayinlandi. Prezident Vladimir Putinning bajarilgan ishlar yuzasidan hukumatdan qoniqmagani iste’foning bosh sababi qilib ko‘rsatildi.

    23-yanvar. Xitoyda tarqalgan yangi tojvirus sababli kasallik o‘chog‘i bo‘lmish Uxan provinsiyasi tashqi dunyodan uzib qo‘yildi hamda umumiy karantin ostiga olindi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Shuningdek, Xuangang va Yeju shaharlari ham karantin ostiga olindi. Bugungi kunda kasallik butun mamlakat bo‘ylab keng yoyildi. Kasallik tufayli vafot etganlar soni 300 dan oshdi. Shuningdek, dunyoning bir qator davlatlarida, jumladan, Germaniya, Rossiya, Fransiya, BAA, AQSh kabi davlatlarda ham kasallangan kishilar aniqlangan.

    24-yanvar. Turkiya sharqida kuchli zilzila yuz berdi. Fojia natijasida 41 kishi halok bo‘ldi. Prezident Erdo‘g‘on marhumlarning dafn marosimlarida ishtirok etish uchun voqea joyiga yetib keldi.

    Oyning oxiri shov-shuvli xabarlar bilan yodda qoldi. Jumladan, 29-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin – Isroil qarama-qarshiligiga yechim sifatida “asr kelishuvi”ni taqdim etdi. Kelishuv bir tomonlama tuzilgan bo‘lib, u teng shartlar asosida tuzilmagan. Kelishuv ko‘proq Isroil manfaatlarini ko‘zlab tuzilgan. Jumladan, Quddus Isroil poytaxti sifatida qolishi, Isroil bosib olgan Falastin hududlari Isroil qo‘l ostida qolishi, Iordan vodiysi Isroil suverenitetiga o‘tishi, Isroil davlati tuzilgan paytda uyidan haydab chiqarilgan qochqinlarga uylariga qaytishga ruxsat etilmasligi kabi tahqirli shartlar asosida tuzilgan. Mahmud Abbos kelishuvni “asr tarsakisi” deya ta’rifladi.

    30-yanvar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tojvirus tufayli xalqaro favqulodda holat e’lon qildi.

    31-yanvar. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etdi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 31-yanvar tunida e’lon qildi. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etgan ilk mamlakat sifatida tarixga kirdi. U ittifoqqa 1973-yil a’zo bo‘lgan va bu 1975-yilgi referendum natijasida tasdiqlangan edi.

    Foto: Vanity Fair

    Foto: Vanity Fair

    Shuningdek, bu oyda sportga oid bir qator voqealar yuz berdi. 9–22-yanvar kunlari Shveysariyaning Lozanna shahrida yoshlar o‘rtasidagi qishki olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 8–26-yanvar kunlari Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreya terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Undan keyingi o‘rinlar Saudiya Arabistoni, Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalariga nasib etdi. Musobaqaning ahamiyati shunda ediki, unda dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar shu yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda oxirgi daqiqalarda bu imkoniyatdan quruq qoldi.

    04.02.2020, 08:35   Izoh (0)   41234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus tufayli yig‘layotgan ayol, Londondagi terakt, Ukrainaga kelgan Erdo‘g‘on. 3-fevralning eng qiziqarli suratlari

    04.02.2020, 02:40

    Turkiya Idlib viloyatida 4 nafar askari o‘ldirilgani uchun Suriya armiyasidan o‘ch olinishini va’da qildi

    03.02.2020, 23:59

    Xitoyda koronavirus tarqalishi sharoitida birja savdolari 8 foizlik pastlash bilan boshlandi

    03.02.2020, 19:40

    Koronavirus tufayli Xitoyda neftga bo‘lgan talab 20 foizga kamaydi

    03.02.2020, 19:10

    Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etdi. Bu 2000-yillar boshidagi pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq

    03.02.2020, 17:17

    Koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarning haqiqiy soni oshkor qilindi

    03.02.2020, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.