Xitoyning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida yangi kasalxona ochildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
1000 nafar bemorga mo‘ljallangan kasalxona binosi modul konstruksiyalaridan foydalangan holda atigi 10 kun ichida qurildi.
Uxanda shu texnologiyani qo‘llagan holda ikkinchi kasalxona qurilmoqda. Muassasa yaqin kunlarda bemorlarni qabul qilishni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, 4-fevral holatiga ko‘ra koronavirus 20 630 kishida aniqlangan, 427 kishi bundan vafot etgan.
Izoh (0)