• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV vakili: Qisqa vaqt ichida tabiblarga litsenziya berish yo‘lga qo‘yiladi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsga ishlash uchun ruxsat berish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Rahimqulov Tabobat akademiyasining 2019-yildagi konferensiyasida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tabobat akademiyasi hamkorligida tabiblar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan konferensiya o‘tkazildi.

    Konferensiyada ma’ruza qilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Rahimqulovning ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalq tabobatini tartibga solish bo‘yicha alohida qarorida tabiblik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

    Farhod Rahimqulov

    Farhod Rahimqulov
    Foto: “Daryo”
    Qarorda birinchi navbatda xalq tabobati vakillarining ishlashini tartibga solish uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish ko‘rsatilgan. Chunki shu kungacha xalq tabobati bilan shug‘ullanadigan shaxslar, ya’ni tabiblarning faoliyatini tartibga soladigan birorta normativ hujjat yo‘q edi. Shuningdek, qarorda xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchilar faoliyatini tartibga solishga doir bir nechta normativ hujjatlar ishlab chiqish ham nazarda tutilgan. Ya’ni tabib ish olib boradigan xonadan tortib, ularning malakasigacha bo‘lgan jarayon ham tartibga solinadi. Shu bilan birga, ular foydalanadigan asbob-uskunalarni ishlatishga ruxsat berish tartibi ishlab chiqiladi.

    Prezident qarorida tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan tabiblarga ishlashga ruxsat beruvchi — litsenziyalash tartibini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bugungi kunda kimlardir xalq tabobati bilan faoliyat yuritadimi, degan savol tug‘ilsa, ha, yuritadi. Bizda davlat tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati usullari qo‘llaniladi. Shuningdek, 500 dan ortiq xususiy tibbiyot muassasalari ham shu faoliyat bilan shug‘ullanadi. Lekin tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar bilan bog‘liq masala asosiy muammo hisoblanar edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsga ishlash uchun ruxsat berish tartibi ishlab chiqildi. Bu hujjatni ishlab chiqish oson bo‘lmadi. Sababi “Qanday qilib tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsga sog‘lig‘imizni ishonib topshiramiz, axir buni bugungi rivojlangan zamonda hazm qilish qiyin” kabi tanqidiy savollar ham o‘rtaga tashlandi. Qarshi bo‘lganlar ham, qo‘llab-quvvatlaganlar ham bo‘ldi. Takliflarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda bir to‘xtamga kelinib, normativ hujjat ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasi qarori darajasida ishlab chiqilgan nizomda tabobat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qay tartibda ruxsat berish shartlari nazarda tutilgan. Hozirda ushbu hujjat Adliya vazirligiga kiritilish arafasida turibdi.

    Aytib o‘tish joizki, oddiy infeksiya bilan ishlash talabini bajara olmagan tabib yuqumli kasallikning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Tabibning oldiga xizmati arzonligi uchun odam ko‘p kelishi mumkin yoki xalqimiz tabibga ishonuvchan. Tabiblarga ishlash uchun qonuniy ruxsat beradigan bo‘lsak, tabiblar birinchi navbatda yuqumli, og‘ir yoki xuruj qilib turgan kasalliklarni vaqti kelganda zamonaviy tibbiyot orqali davolashni tavsiya etishlari kerak. Shuning uchun ham tabiblarga qo‘yiladigan talablar bor. Nazarimda, qisqa vaqt ichida tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga litsenziya berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

    Shuni unutmaslik kerakki, tabib bilan zamonaviy tibbiyot xodimlarining javobgarlik darajasi teng. Ya’ni tibbiyot xodimi qanday tartibda javobgar bo‘lsa, tabiblar ham shunday mas’ul bo‘ladi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligida maxsus komissiya tashkil qilinadi. Komissiya tabiblarni ma’lum bosqichlarda o‘rganib, tekshirib ko‘radi. Shundan so‘ng ularga tibbiyotdan qay darajada ma’lumotga ega ekanligi haqida xulosa beriladi. Shundan keyin tabiblar umumiy tartibda —xususiy tibbiyot muassasalari kabi faoliyat uchun litsenziya olishga murojaat qiladi.

    Farhod Rahimqulov, Sog‘liqni saqlash vazirligi litsenziyalash va akkreditatsiya boshqarmasi boshlig‘i

    Ibrohimjon Asqarov

    Ibrohimjon Asqarov
    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Tabobat akademiyasi raisi, professor Ibrohimjon Asqarovning aytishicha, akademiya qoshida tabiblarni qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

    “Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda alohida dasturlar ishlab chiqdik. Tabiblar orasidan haqiqiylarini saralab olgan holda ularni qayta o‘qitib, bugungi kun talablariga moslashtiramiz. Ana undan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligida tuzilgan maxsus komissiya orqali litsenziya berish masalalarini rejalashtirganmiz.

    Tabiblar o‘z faoliyatida foydalanishi uchun “Tabobat qomusi” nomli fundamental kitobni yaratdik. Kitobda qayd etilgan O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklar yordamida yangi dorilar yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Bu dori vositalari ekologik toza, organizm uchun zararsiz va bu dori vositalaridan foydalanish iqtisodiy samarador hamda sifatli ekanligi bilan ajralib turadi. Biz tabiblarimizni mana shu yo‘nalishda qayta tayyorlashga bel bog‘laganmiz”.

    Ibrohimjon Asqarov, O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar tabobat akademiyasi raisi, professor

    Konferensiya ishida olimlar va tabiblar mavjud muammolarni bartaraf etish masalalarini hal qilishga doir takliflar bilan chiqdi. Jumladan, ishtirokchilar tomonidan tabiblar malakasini jahon talablariga mos ravishda oshirib borish o‘rtaga tashlandi. Bunga javoban Tabobat akademiyasi raisi Ibrohimjon Asqarov bir guruh tabiblarning Birlashgan Arab Amirliklariga malaka oshirish uchun yuborilishini ma’lum qildi.

    Ma’lumot uchun, hozirgi kunda akademiyaning 300 nafar a’zosi bor. Ularning 40 foizini vrachlar — fan doktorlari, professorlar va tajribali tabiblar tashkil etadi.

    Mavzuga doir:

    • Yaponiya meditsina assotsiatsiyasi raisi: Tabobat bilan shug‘ullanuvchilarga yana-da ko‘proq erkinlik berish kerak
    • Tabobat akademiyasi kaltaklanayotgan shifokorlarni himoya qilishda davlat organlariga ko‘maklashadi
    • Tabobat akademiyasi raisi: Tabib shifokorni, shifokor esa tabibni tan olishi kerak

    04.02.2020, 21:06   Izoh (0)   33208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 2019-yil davomida 261 nafar ayol jinoyatga qo‘l urgan

    04.02.2020, 20:20

    Toshkent metrosining Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazildi (foto)

    04.02.2020, 19:51

    “O‘zgidromet” 5-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    04.02.2020, 18:55

    Yangiyo‘lda 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli farzandi is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi

    04.02.2020, 18:42

    O‘zbekistonda mehnatga majburlaganlik uchun jazo kuchaytirildi

    04.02.2020, 18:29

    Rossiyada kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi

    04.02.2020, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.