Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yanvar oyi oxirida yo‘qolib qolgani aytilgan shakar zavodlari rahbarlari davlat xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan hibsga olinganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Davlat rahbari korxonalar rahbarlari Rossiyaga arzon narzda shakar sotganlikda ayblanayotganini qo‘shimcha qildi.
“Belarusda hali bunaqasi bo‘lmagan. Ular Moskvada savdo uyini tashkil qilgan. O‘zlarining odamlarini olib borgan. Belarusdagi shakar zavodlaridan shakarni arzon narxga yetkazib, u yerda qimmat narxga sotgan. Sotuvchilar narxdagi tafovutni direktorlarga pora sifatida bergan”, — deydi Lukashenko.
29-yanvar, chorshanba kuni, Belarusda mamlakatda ishlaydigan to‘rtta shakar zavodi direktorlari bir vaqtning o‘zida ish joylaridan g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)