Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda shahardagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining mansabdor shaxslari 12 nafar fuqaroning maktabda ishlaganligi va dars soatlari o‘tganligi haqida hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Bosh prokuratura.
Ta’kidlanishicha, qonunbuzarlik sabab jami 201,1 million so‘m talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)