Bortida 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan samolyot Pekindan Toshkentga uchib kelmoqda
Samolyotda 250 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.
Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.
“Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savollar bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: Xitoydan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtiriladi