Shifokorlar Rostov-Dondagi xitoylik talabadan koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda shahar administratsiya vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq messenjerlarda xitoylik talaba tez yordam mashinasida olib ketilgani va shifokorlar unga koronavirus tashxisini qo‘ygani haqida yozuvlar tarqalgandi.
“Rostovga Xitoydan kelgan talabaning tana harorati ko‘tarilib ketgan. U zudlik bilan tahlillar uchun yuborildi, qo‘rqadigan hech nima yo‘q… Koronavirus to‘g‘risidagi xabar tasdiqlanmadi”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: Rossiya Xitoy bilan temir yo‘l aloqalarini to‘xtatdi
Izoh (0)