G7 davlatlari Xitoyda yangi koronavirus avj olishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

“Vaziyat yuzasidan yakdil fikrga kelish uchun AQShdagi hamkasbim bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldim. Biz Katta yettilik sog‘liqni saqlash vazirlari konferens-kollini o‘tkazish zarurligi haqida kelishib oldik”, — dedi Shpan.

“Mamlakat bu vaziyatda bir o‘zi choralar ko‘radigan bo‘lsa hech narsaga erishib bo‘lmaydi, ayniqsa, Yevropada”, — deydi Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri.