AQSh koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoyga oxirgi ikki hafta mobaynida borgan chet elliklarni mamlakatga kirishga taqiq o‘rnatdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar ichki xavfsizlik vazirligi xabar bermoqda, deya ma’lum qiladi “RIA Novosti”.
“Xitoyga AQShga kelishidan oldingi 14 kun davomida safar qilganlar Qo‘shma Shtatlarga kirishi man etiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni vaqtda, AQShda doimiy yashovchilar, mamlakatda yaqin qarindoshlari bo‘lganlar, shuningdek, aviaekipajlar mazkur taqiqdan istisno ekanligi bildirilgan.
Xitoyning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida oxirgi ikki hafta mobaynida AQSh fuqarolari 14 kunlik majburiy karantindan o‘tishi belgilangan.
Izoh (0)