Joriy yilning 28-yanvar kuni taxminan soat 21:00 larda, Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro 41 yoshli R.N. (ayol) tanishi 36 yoshli E.L.ni uyiga mehmonga chaqirib, birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Ikkovlon spirtli ichimlik ta’sirida o‘zaro janjallashib qolgan, janjal vaqtida E.L. fuqaro R.N.ni tanasining turli joylariga bir-necha marotaba qo‘li va oyoqlari bilan urib, tepib, o‘ta shafqatsizlik bilan do‘pposlab unga tan jarohati yetkazgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Voqeadan so‘ng fuqaro R.N. uyidan chiqib ketib, taxminan 600 metr masofa yurib, yerga yiqilgan va ichki a’zolari, bosh miyasiga yetkazilgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan, deb yozmoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi ya’ni Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: