Rossiyaning Perm shahrida bankomatni portlatib, pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda AiF.
Ma’lum bo‘lishicha, ular qo‘lbola portlovchi qurilma bilan 3 million rubldan ortiq pul bo‘lgan bankomatni portlatishga uringan, lekin buning uddasidan chiqa olmagan. Ular qo‘lga tushishdan qo‘rqib, jinoyat joyidan yashiringan. Keyinchalik huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ularga yirik miqdordagi talonchilik qilishga urinish, portlovchi qurilma tayyorlash, saqlash, tashish ayblovlari qo‘yilib, sud tomonidan 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 300 mingdan 350 ming rublgacha jarima jazosi tayinlangan.
Izoh (0)