Dmitriy Medvedevning Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimidagi maoshi oyiga 618,7 ming rublni (9670 dollar atrofida) tashkil etadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu haqdagi farmonni imzolagan, deya xabar beradi Meduza.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil oxirida Medvedevning Rossiya bosh vaziri sifatidagi maoshi ham aynan shu miqdorda — 618,7 ming rubl bo‘lgan.
Bu summaga qadar rossiyalik mansabdorlarning to‘rt yil mobaynidagi birinchi indeksatsiyasi doirasida 4,3 foizga oshirilgandi.
Izoh (0)