Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston koronavirus sabab Xitoyga muntazam qatnovchi aviareyslarni vaqtincha to‘xtatib turadi. Bu haqda “Gazeta.uz” o‘zining hukumatdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bu boradagi tegishli qarorni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 29-yanvar kuni tashkil etilgan hukumat komissiyasi qabul qilgan.

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun charter reyslarni tashkillashtirish reja qilinmoqda.

Hukumat komissiyasi ikki mamlakat o‘rtasidagi aviareyslar vaqtincha to‘xtatilgani haqida Xitoy tomonini ogohlantirish vazifasini Tashqi ishlar vazirligiga yuklagan.

30-yanvar kuni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sabab O‘zbekistonda xitoyliklar uchun viza cheklovi o‘rnatilishi masalasida o‘z fikrini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, yangi turdagi koronavirus sabab vafot etganlar soni 200 dan oshdi, 9800 dan ortiq odam virusni o‘ziga yuqtirib olgan.

Avvalroq O‘zbekiston Senati Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjudligini ma’lum qilgan edi. 28-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatga Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan. Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bir kunga to‘xtatiladi