• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ne umidlar bilan boshlab qo‘ygan imorati huvillab qoldi”. Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning yaqinlari marhumlar haqida

    21-yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati, Asino tumani, Prichulmskiy aholi yashash punktidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan uyda yong‘in chiqishi oqibatida shu yerda yashab, ishlagan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Halok bo‘lgan fuqarolarning 9 nafari Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan, bir nafari Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan, yana biri Andijon viloyatining Andijon tumanidan. “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova Qiziltepa tumanida bo‘lib, marhumlarning oila-a’zolari bilan suhbatda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan qiziltepaliklarning yetti nafari 20–25 yosh atrofida bo‘lgan.

    Tomskdagi yong‘inda vafot etgan qiziltepalik yigitlar.

    Tomskdagi yong‘inda vafot etgan qiziltepalik yigitlar.
    Foto: “Daryo”

    Shahzod Murtazoyev (1999-yil), Temur Elmurodov (1994), Hoshimjon Ergashev (1999), Bunyod Hasanov (1994), Muhammadali Zokirov (1998)lar tumandagi “Miltiqchi” mahallasidan. Xurshid Mo‘minov (1997), Ramziddin G‘aybulloyev (1998), Mehriddin Norov (1966), Keldiyor Boymurodov (1987)lar esa “Gumbaz”, “Madaniyat”, “Oqsoch” mahallalarida istiqomat qilgan.

    Tashqaridagi va ichkaridagi mehnat muhojirlari haqida boshqa materiallar: 

    • Ularning orzusi — o‘qish, uylanish, darvozani yangilash, Yangi yilni uyda nishonlash edi. Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlari haqida
    • “Ilojsizlikdan shu yerlarda ishlayapmiz”. Aqto‘be fojiasidan omon qolgan ikki o‘zbekistonlik ish izlab yana xorijga ketdi
    Yong‘inda halok bo‘lgan qiziltepaliklarning xonadonlariga asfaltlanmagan va loy yo‘llar orqali boriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, vafot etganlarning aksariyati biri-biriga yaqin qavm-qarindoshlar. Ramziddin G‘aybulloyev Mehriddin Norov bilan ota-bola bo‘lsa, Temur Elmurodov Mehriddin Norovning singlisining o‘g‘li. Kattaqo‘rg‘onda istiqomat qilgan Umid Hasanov esa Bunyod Hasanov bilan aka-uka edi.

    Mehriddin Norov va Ramziddin G‘aybullayev.

    Mehriddin Norov va Ramziddin G‘aybullayev.
    Foto: “Daryo”

    Temur Elmurodovning onasi Mavluda Norovaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining vafot etganini eshitganidan so‘ng eri insult bo‘lgan.

    Mavluda Norova (chapdan birinchi).

    Mavluda Norova (chapdan birinchi).
    Foto: “Daryo”
    Bir yo‘la o‘g‘lim, akam va jiyanimdan judo bo‘ldim. Ularsiz qanday yashayman. Aksiga olib, otasi ham Rossiyada. O‘g‘limiz Temurbekdan ayrilganimizni eshitgach, miyasiga qon quyilib, insult bo‘libdi. Kasalxonaga yotqizishibdi. Dardimni kimga aytay, qaysi devorga boshimni uray. Oxirgi suhbatlashganimda tizza bo‘yi qor yoqqani uchun hozircha ishlashmayotganini aytgandi

    Mavluda Norova, Temur Elmurodovning onasi

    Marhumning opasi Xushvaqt Elmurodova esa mudhish voqea sodir bo‘lgan kuni ukasi bilan 3,5 soatdan ko‘proq vaqt Imo messenjeri orqali suhbatda bo‘lgan. Temur 3–4 oydan buyon mehnat haqini olishmayotgani, yashash joyida tok yo‘qligidan norozi bo‘lib gapirgan.
    Men ham Rossiyaning boshqa viloyatida ishlayman. O‘sha kun voqea sodir bo‘lishidan oldin ukam bilan qorong‘ida uzoq gaplashdim. U: “Opa, telefonni o‘chiring, endi uxlay, uch soatdan keyin ishga chiqaman”, deb aytdi. Yashash uylari yog‘ochdan bo‘lsa-da, sharoiti yaxshi edi. Ammo uyni hech qachon elektr pechka bilan isitishgan emas. Navbatma-navbat o‘tin yoqishardi.

    Xushvaqt Elmurodova, Temur Elmurodovning opasi

    Marhumlarning yaqinlari.

    Marhumlarning yaqinlari.
    Foto: “Daryo”

    Navoiy viloyati hokimligi va Qiziltepa tuman hokimligi faollari vafot etganlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning oila a’zolariga hamdardlik bildiryapti. Moddiy yordamdan tashqari, malakali shifokorlar tomonidan tibbiy va ruhiy yordam ham ko‘rsatilmoqda.

    Marhum Hoshimjon Ergashevning xonadonida bo‘lganimizda onaizorning ruhan o‘zida emasligini anglash qiyin kechmadi. Bolasining kollejni bitirib, oliy o‘quv dargohiga kirolmagach, dunyo ko‘ray, o‘zgaray, deb o‘zga yurtga ishlash uchun ketishga qilgan qaroriga rozi bo‘lganidan ming bor afsusda.

    Bolaligidan mehnatda pishgan edi-da, bolaginam. Ne-ne umidlar bilan yangi boshlab qo‘ygan imorati huvillab qoldi. O‘quvchilik paytlari ham ota-onamning sog‘ligi yo‘q, ro‘zg‘orga pul topay, deb novvoylik, oshpazlik qilardi bolaginam. Marosim kuni ham tobutining boshiga qo‘lida non ushlab, kulib turgan suratini qo‘yishdi. O‘zi birinchi bor chetga chiqqandi, endigina to‘rt oy bo‘lgandi.

    Hoshimjon Ergashevning onasi

    Hoshimjon Ergashevning chala qolgan imorati.

    Hoshimjon Ergashevning chala qolgan imorati.
    Foto: “Daryo”

    Marhum Bunyod Hasanovning xonadonida akasi Umid Hasanovning ham ta’ziya marosimi o‘tkazilgan. Aka-ukaning ammasi Dilorom Hasanovaning so‘zlariga ko‘ra, Bunyod fojiadan oldin onasi bilan telefonda gaplashgan.

    Hozir ukam va kelinimiz juda og‘ir ahvolda. Umidjonimizning to‘rt nafar bolasi otasiz qoldi. Bunyodimiz esa hali uylanmagan, yosh edi. Sportga juda qiziqardi. Kelinning aytishicha, o‘sha kuni u o‘g‘li bilan kechki soat 23:30 largacha telefon orqali gaplashib, dardlashgan. Kutilmaganda shovqin, to‘s-to‘polon boshlangan va “taraq-turuq” qilib, telefon o‘chib qolgan. Shu bilan Bunyod bilan qayta bog‘lanish imkoni bo‘lmagan.

    Dilorom Hasanova, Bunyod va Umid Hasanovlarning ammasi

    Bunyod Hasanov qurayotgan imorat.

    Bunyod Hasanov qurayotgan imorat.
    Foto: “Daryo”

    Dilorom Hasanovaning so‘zlariga ko‘ra, Bunyod onasi bilan Toshkent vaqti bilan soat 23:30 (Tomsk vaqti bilan 01:30) gacha telefon orqali gaplashgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumoti bo‘yicha yong‘in haqidagi ma’lumot Tomsk vaqti bilan 04:05 da kelib tushgan. 06:35 ga kelib yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

    Dilorom Hasanovaga ko‘ra, bu mudhish voqea sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin jiyani unga telefon qilgan. Qiziltepalik migrantlar O‘zbekiston bayrog‘ini silkitib, uni o‘rmon ichidagi o‘zlari yashaydigan yog‘och uy shiftiga ilgan. “O‘zbekistonning ana shunday baquvvat yigitlari bor”, — deya g‘ururlanib, O‘zbekiston madhiyasini ham kuylashgan. Ularning bu xatti-harakatlariga nisbatan esa ish boshqaruvchilar tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan. “Bayrog‘ingni olib qo‘y, noningni yegin va ket bu yerdan!”, deya po‘pisa qilishgan.

    “O‘zbekiston sha’nini himoya qilaman, deb juvonmarg bo‘lishdi”, — dedi Dilorom Hasanova.

    Ma’lumot uchun: Yangi yil bayramida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Dvorsovaya” maydonida hamrohlarining yelkalariga o‘tirib olib, O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratgan mehnat muhojirlari politsiya e’tiborini tortgandi. Videoyozuvlar orqali politsiya 14 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarosini qidirib topgan. Tekshirilgan 14 kishining har birida migratsion kamchiliklar aniqlangan va ularning bir nechtasi deportatsiya qilingandi.

     

    01.02.2020, 20:05   Izoh (0)   146678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    01.02.2020, 19:20

    Kosondagi maktabda o‘quvchilarning obunaga majburlangani rad etildi

    01.02.2020, 18:53

    Samarqandda ota-onalar tomonidan axloqi yomonligi aytilgan bog‘cha mudirasi sud qaroriga ko‘ra ishiga qaytmoqda. Aholi esa bundan norozi

    01.02.2020, 18:09

    Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus komissiya xulosasi e’lon qilindi

    01.02.2020, 17:44

    Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi ayrim ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi

    01.02.2020, 16:56

    “O‘zatom” bosh direktori “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    01.02.2020, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.