Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yil 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Mazkur yig‘ilishda jamoat fondi emblemasi tasdiqlandi. Emblema markazida burgut tasvirlangan, uning atrofidagi aylana ichida jamoat fondi nomi yozilgan. Jamoat fondi emblemasida burgutdan foydalanilgani bejiz emas.

“Burgut — kuchli, g‘ururli, ozodlikni sevuvchi, qat’iyatli qush va bu xislatlar mass-media olamini ham ifodalaydi. Burgutning makoni yuksak cho‘qqilar bo‘lib, u yerdan hech bir to‘siqlarsiz butun yon-atrofini kuzatib tura oladi. Jurnalist va blogerlarning asosiy vazifasi ham jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan barcha voqea va hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatib borishi hamda xolisona yoritishidir.

Burgut — sadoqatli qush, g‘irromlik va makkorlik unga begona. Bu xislatlar mass-media vakillarining kasb birdamligi, ularning inoqligi va g‘oyalarga sodiqligining timsolidir. Burgutning kuchi esa jamiyatimizda so‘z erkinligini yanada mustahkamlash niyatida bo‘lgan jurnalist va blogerlar hamjamiyatining kuch va g‘ayratini ifodalaydi.

Burgut o‘zining ziyrakligi va qat’iyatligi bilan ham alohida ajralib turadi. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari dadil harakat qiladi. Mass-media vakillari ham o‘z materiallarida biror masala yoki muammoni yoritganda, ularni oxirigacha hal qilish yo‘lida qat’iyat ko‘rsata olishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi