Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Narpay tumanida kelinoyisining o‘limiga sabab bo‘lgan erkak ushlandi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Joriy yilning 31-yanvar kuni Narpay tumanida yashovchi R.M. akasining turmush o‘tog‘i U.P. bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan. R.M. oshxona pichog‘i bilan qurollanib, yangasining yashash uyiga borib, yangasi U.P.ning bo‘yin sohasiga pichoq sanchib, uni qasddan o‘ldirib voqea joyidan yashiringan.

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining bayonot berishicha, prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruh tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, xonadon ko‘chasidagi ariq ichidan qonga o‘xshash dog‘lari bilan ifloslangan pichoq va boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. R.M. himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Narpay tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi