Kompaniya yangi shifoxonaga 5G tarmog‘ini o‘rnatdi

Huawei kompaniyasi Hubei Mobile va Hubei Unicom kompaniyalariga Wuhan Vulcan Mountain shifoxonasida 5G tayanch stansiyalarini ishga tushirish uchun yordam berishini ma’lum qildi. Uxan tog‘ shifoxonasi – bu Xitoy tomonidan koronavirus epidemiyasi bilan kurashish uchun tezkor sur’atda qurilayotgan binodir. Bino Pekindagi Syaotanshan shifoxonasi namunasi bo‘yicha qurilmoqda; Xitoy poytaxtidagi shifoxona atigi 7 kun ichida qurilgan.

Xubey mintaqasidagi Huawei vakillari shoshilinch ravishda 23-yanvar kuni koronavirus tarqalishidan himoya qilish bo‘yicha 150 kishilik loyiha guruhini tuzdilar. Tarmoq Uxan shahridagi epidemiyalarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha tez yordam markazidan xabar kelgan vaqtdan boshlab, 5G tayanch stansiyalarini ishga tushirishgacha, jumladan, qurilish, tarmoqni rejalashtirish, loyihalash, optik tola o‘tkazish, tayanch stansiyalarni montaj qilish va ishga tushirishgacha bo‘lgan 3 kun ichida ishga tushirildi.

Hozirgi kunda Xubeydagi uchta yirik operator shifoxona yaqinida 5G tarmog‘ini o‘rnatgan. 5G Uxan tog‘ shifoxonasiga yuqori tezlikda tarmoqqa ulanishga yordam beradi, yuqori tezlikda ma’lumotlarni olishni, ma’lumotlarni yig‘ishni, masofali konsultatsiya o‘tkazish va monitoring o‘tkazishni ta’minlaydi.

5G tarmog‘ini qurish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan birga, Huawei, shuningdek, Xubey sog‘liqni saqlash va tibbiyot komissiyasining videokonferensiya tizimining yaxshi ishlashini ta’minlash uchun tadqiqotlar olib borish, dasturlar ishlab chiqish va bevosita yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus guruhni tashkil etdi. Mazkur tizim Xubey sog‘liqni saqlash komissiyasi, Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi va boshqa provinsiyalarning sog‘liqni saqlash komissiyalari uchun muhim maslahat platformasi hisoblanadi.

Manba: https://www.gizchina.com/2020/01/26/huawei-coronavirus-5g-base-stations

Reklama huquqi asosida.