O‘zbekistonda 2020-yilda matematika, kimyo, biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha sharoitlar yaratib beriladi. Bu haqda Prezident 27-yanvar, dushanba kuni, o‘tkazgan yig‘ilishda ta’kidlangan.
Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilarga shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, tub islohotlarni maktab ta’limidan boshlab, ilmiy-tadqiqot muassasalarigacha qamrab olish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
“Davlatimiz rahbari fanning belgilangan sohalariga ham moddiy, ham ma’naviy e’tiborni kuchaytirish kerakligini alohida ta’kidladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)