Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy bank tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ATB InfinBank’da iste’mol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Norma

Foto: Norma

O‘rganish davomida banklarda bir qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan:

kredit shartnomalari bankning kredit bo‘yicha foiz stavkasini bir tomonlama o‘zgartirish huquqi bilan tuzilgan;

kredit shartnomalarida iste’mol kreditining to‘lovi uchun pul mablag‘lari ko‘chirilgunga qadar qarz oluvchilarning biron-bir to‘lovlarsiz kredit olishdan voz kechish huquqi belgilanmagan;

ayrim qarz oluvchilarga imzolangan shartnomalarning nusxalari berilmagan.

Shunga ko‘ra, mazkur bankka iste’molchilarning huquqlarini tiklash, jumladan, kredit shartnomalari shartlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rsatma yuborildi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun ATB InfinBank’ga nisbatan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 57-moddasiga muvofiq jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi