Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

27-yanvar kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligida Pekin shahrida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasiga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Knnit

Foto: Knnit

Brifingda xotirjamlikni saqlash zarurligi ta’kidlanib, bir qator tavsiyalar berilgan:

  • Sarosimaga tushish virusning o‘zidan ham kuchliroq tahdid bo‘lishi mumkin. Xitoy bugungacha vujudga kelgan barcha keng ko‘lamli epidemiyalarni bartaraf etgan, koronavirusni ham yengadi;
  • Koronavirusni davolab bo‘ladi. Xitoy barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Agar Xitoy o‘z oldiga biror maqsad qo‘ysa, albatta, unga erishadi;
  • Xitoy chet el fuqarolarining o‘z hududidagi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha xalqaro majburiyatlarni bajaradi. Vazirlik va idoralar, shuningdek, provinsiya va shaharlarning rasmiy idoralari chet el diplomatik missiyalariga ularning Uxan shahri va Xitoyning boshqa shaharlarida muammoga duch kelgan fuqarolari xavfsizligini ta’minlash borasida yordam berishga tayyor. Hozirda Uxan shahri mamlakatning boshqa shaharlariga qaraganda xavfsizroq. Chunki u yerga eng yaxshi mutaxassislar, eng ilg‘or qurilma va texnologiyalar safarbar qilingan.
Chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillarining savollariga javob bera turib, Xitoy tomoni mamlakat hukumati hozirda chet el fuqarolarini Uxan shahridan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayotganini e’lon qildi.

Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998(90)988-23-30 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov), +998(97)275-50-74 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishni qat’iy tavsiya qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yahyoyev), +86 139 1175-4476 (Shuhrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o‘ndan ortiq mamlakatda xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan. O‘zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq Fransiya va Yaponiya Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalar Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olmayotganini, TIV rahbari Abdulaziz Komilov esa Uxandagi vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelinishini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar, yakshanba kuni, esa Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?
Mahalliy
Ekologik partiya prezidentlikka nomzod sifatida Abdushukur Hamzayevni va uning dasturini ma’qulladi
Sport
Lionel Messi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin