• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qamoqda bir oyga qolmay o‘lib ketaman deb o‘ylagandim”. Said-Abdulaziz Yusupov “Farishtalar shaharchasi”dan xat yozdi

    Said-Abdulaziz Yusupov ishi — 2019-yilning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylangan edi. O‘zbekiston mustaqil matbuot fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Yusupov may oyida rastrata, firibgarlik va pora berishda gumon qilinib hibsga olingan, uning ishi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tergov qilingan edi. Yusupov ustidan yopiq sud 2019-yil sentabrida boshlangan, biroq uning ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilmagan edi.

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassisligidagi “Vaqt-Vremya” gazetasining so‘nggi sonida ayni vaqtda 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonada davolanayotgan Said-Abdulaziz Yusupov nomidan “Yerdagi farishtalar” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Quyida maqola bilan to‘liq tanishish mumkin.

    Yerdagi farishtalar

    Shok va hayrat

    Inson ozodlik atalmish ne’mat qadrini uni yo‘qotganida teranroq his qiladi. Bu tushuncha ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm etilgan insonga yanada yaqinroq. O‘z jazo muddatini o‘tar ekan-u, ko‘p narsalarni anglaydi, butun hayotini taftish qiladi. Ota-onasi, ayoli, farzandlarining sog‘inchi tun-u kun tig‘ kabi yuragiga sanchiladi.

    Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmasligi haqiqat. Qismatim ekan, men ham bugun mahkumman. Tan olib aytishim kerakki, ozodlikda mahkumlik hayoti haqida ko‘p eshitib, dahshatga tushardim. Ozodlikda ham sog‘lig‘im yomon bo‘lgani bois, “qamalib qolgudek bo‘lsam, bir oyga bormay o‘lib ketsam kerak”, degan fikrga borardim.

    Tergov, sud jarayonlaridan so‘ng “nihoyat” belgilangan jazo muddatimni o‘tash uchun koloniyaga kelganimda, ozgina shok holatini boshimdan o‘tkazdim. Yomon xayolga bormang — yaxshi ma’nodagi shok edi bu! Chunki jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining “siz”lab murojaat etishgani, qo‘pollik qilmay, nafsoniyatga tegmay muomala qilishlari meni hayratlantirdi. Xayolimning qaysidir bir burchagida “kesatiq qilishmayaptimikin” degan o‘y ham o‘tdi, rosti.

    Meni haqiqatda yaxshi ma’noda shokka tushirgan narsa — jazoni ijro etish muassasalaridagi tibbiyot xodimlari bo‘ldi. Nega? Chunki u yerga kelganimning ikkinchi haftasi tobim qocha boshladi. O‘sha paytda mening tushuncham shunday edi: “Tamom, kasal bo‘lding, hech kim tuzatmaydi, sen uchun jon kuydirmaydi”. Lekin jonim og‘rigach, shifokorni so‘radim. Hammasi shundan boshlandi.

    Avval biri kelib dori berib ketdi, keyin ikkinchisi kelib ahvolimni so‘radi. Kechga yaqin hamshira qon bosimimni o‘lchadi, yana dorilar berdi. Ertasiga shifokor to‘liq tekshiruvdan o‘tkazib, davolash uchun mahkumlar orasida “Sangorod” deya ataladigan hozirgi kunda 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonaga jo‘natishdi.

    Bu yerda esa... Men hayrat ichida yashadim. Chunki koloniyada ham, bu “Sangorod” nomli kasalxonada ham meni shok va hayratga solgan yagona narsa bu — MUNOSABAT edi! Mahkumga insondek munosabat!

    Siyosiy iroda ro‘yobi

    23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxona — butun respublika bo‘ylab mahkumlar kelib davolanadigan maskan. Men bu yerda juda ko‘p mahkumlar bilan tanishdim, suhbatlashdim. Ularning orasida oilasi nochor ahvolda bo‘lganlari ham bor. So‘zlariga quloq solganimda, aksariyati uydan xat-xabar olganini, mahalliy hokimiyat va ichki ishlar tizimi xodimlaridan iborat mas’ullar oilasidan xabardor bo‘lib, moddiy yordam bergani, kimningdir farzandini davolatgan bo‘lsa, yana kimningdir oila a’zolarini ish bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatishganini aytib, “Davlat biz mahkumlar oilalariga ham katta g‘amxo‘rlik qilmoqda, ular uchun tashvish tortishimizning oldini olmoqda, bu bilan bizga ham g‘amxo‘rlik qilmoqda”, “Prezidentimizga ming rahmat, davlat oila a’zolarimizdan xabar olayotgan ekan” kabi yuzlab samimiy e’tiroflarni eshitdim.

    Albatta, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarni chin dildan minnatdorchilik bilan e’tirof etayotganlar orasida gohida bir-ikkita bu islohotlar mohiyatini to‘liq anglolmayotganlar, bilib-bilmasdan noshukurchilik qilib qo‘yadiganlar ham topiladi. Ammo shukrki, ular juda ozchilikni tashkil qiladi — mingtadan bitta.

    Shunday bo‘lsa-da, muolaja muassasasining tarbiya masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan har hafta o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi, jamoat arboblari, diniy ulamolar, jamoatchilik vakillari taklif etilib, uchrashuvlar tashkil etilishi faqatgina jismoniy emas, balki ruhiy va aqliy sog‘lomlashish uchun ham sharoit yaratilganini ko‘rsatadi. Meni lol qoldirgan jihat ushbu jarayonlarda ko‘pchilik tasavvur qilganidek mahkum faqat indamay tinglab o‘tirishi emas, balki savol berib, o‘z fikrlarini bayon etishi ham mumkin ekan.

    Tushunyapsizmi, bu yerda mahkumlarning, ya’ni bizning o‘z fikrimizni ochiq bayon etish huquqimiz amalda ta’minlangan, ta’minlanmoqda. Bu juda ham muhim! Ayniqsa, mamlakat siyosiy hayotidagi muhim voqelik — 22-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda, mahkum ekanligimizga qaramasdan, ovoz berish huquqi ta’minlangani shaxs sifatida (biz mahkum bo‘lsak-da) shu jamiyatning, davlatning bir bo‘lagi ekanligimizni his etishimizga turtki bo‘ldi.

    “Farishtalar shaharchasi”

    Albatta, o‘quvchi uchun men “farishtalar” deya kimni ataganim qiziq. Men yerdagi farishtalar deya tibbiyot xodimlari, shifokorlar-u hamshiralarni nazarda tutaman. Bu soha vakillarini ozodlikda ko‘p ko‘rganman, do‘st tutinganman. Ozodlikda doimo bir narsaning guvohi bo‘lardim: shifokor o‘z oldiga kelgan bemorga, u kim bo‘lishidan qat’i nazar — o‘g‘rimi-to‘g‘rimi, kazzobmi-halolmi, boymi-kambag‘almi, farqi yo‘q — bir xil insoniy nazar, bemorga shafqat nazari bilan qaraydi.

    To‘g‘risini aytganda, meni bu muassasaga olib kelishganida forma kiygan shifokorlarni ko‘rib, anchayin sovuq va qo‘pol muomala kutgan edim. Ammo birinchi kundan “Terapiya va nevrologiya” bo‘limi rahbari va davolovchi shifokorlarning, ayniqsa, hamshiralar va o‘rta tibbiy xodimlarning yuksak intellekt va madaniyati, professional munosabatlarini ko‘rib, haqiqiy ichki evrilishni boshimdan kechirdim va bo‘limda davolanayotgan boshqa mahkumlardan ham eshitdim.

    23-son MMIKni, garchi tikanak simlar bilan o‘ralgan bo‘lsa-da, farishtalar ishlaydigan, mahkumlar shifo topadigan “Farishtalar shaharchasi” deb bildim.

    Mazkur muassasa xodimlari mahkumlarni faqatgina dori-darmonlar bilangina emas, yuksak professional darajada psixologik yondoshuv asosidagi muomala madaniyati bilan ham davolashi meni hayratga soldi. Prezident islohotlarini to‘liq amaliyotga tatbiq etib, yangicha yondoshuvda ishni tashkil etayotgan mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona jamoasiga va jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

    Said-Abdulaziz Yusupov

    28.01.2020, 12:45   Izoh (0)   74139
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TIV o‘zbekistonliklardan mish-mish tarqatmaslikni so‘rab, koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    28.01.2020, 12:34

    “‘Uchastkavoy’laringni qutqarib qolsalaring, urgani yo‘q desalaring, rozi qiladi”. Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning og‘zini yopis...

    28.01.2020, 12:13

    Toshkentda dron sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

    28.01.2020, 11:55

    Toshkentda tez yordam xizmati to‘liq raqamlashtirilib, 150 ta Ford olib kelingan edi. Endi viloyatlarda ham shunday bo‘ladi

    28.01.2020, 11:24

    Gulnora Karimovaning Britaniyadagi mol-mulklari ro‘yxati e’lon qilindi

    28.01.2020, 11:11

    Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasidagi kadrlar ta’minoti va ularning malakasini tanqid qildi

    28.01.2020, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.