Jizzaxda Madaniyat markazi boshlig‘i amalda ishlamagan 18 nafar xodimga oylik hisoblab, jami 266,9 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Madaniyat markazi boshlig‘i M.E. va boshqalar hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali markazda haqiqatda ishlamagan 18 nafar fuqarolarga ish haqi hisoblab kelgan.
Shuningdek, ishchi xodimlarning to‘lov qaydnomalaridagi imzolarini qalbakilashtirib, jami 266,9 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan M.E. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)