Istanbulda 27-yanvar, dushanba kuni o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov ishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuror unga 40 ta umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini so‘radi, deb xabar bermoqda Anadolu Agency.
Abdulqodir Masharipov 2017-yilda Istanbuldagi tungi klubda terakt sodir etganganlikda ayblanmoqda. Agar u aybdor deb topilsa, qurolli terrorchilik guruhiga a’zo bo‘lgani uchun 15 yilga, terakt vaqtida 39 kishini o‘ldirgani uchun 2 370 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Qayd etilishicha, ayblov xulosasida 58 nafar gumondor tilga olingan bo‘lib, ularning 18 nafari hibsda, qolgan 8 nafarini jinoyatda ishtirok etganliklari yoki ayblarining qisman asoslanganligi to‘g‘risida dalillar yo‘qligi sababli prokuror ularni oqlashni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi “Kalashnikov” avtomati bilan qurollangan terrorchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan edi. Binoda 700 dan ortiq kishi bo‘lgan. Turkiya politsiyasi xabariga ko‘ra, teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan.
Izoh (0)