Xitoyning Xubey viloyatidan tarqalgan yangi koronavirus qurbonlari soni 80 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib, South China Morning Post xabar bermoqda. Virusni yuqtirganlar soni esa 2400 kishidan oshib ketgan.
Nashr kasallanish holatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni e’lon qilgan. Unga ko‘ra,
- Xitoyda — 2454 ta holat;
- Gonkongda — 8 ta holat;
- Makaoda — 5 ta holat;
- Tayvanda — 3 ta holat;
- Osiyoning boshqa mamlakatlarida — 24 ta holat;
- Yevropada — 3 ta holat;
- AQShda — 5 ta holat;
- Avstraliyada — 4 ta holat.
O‘zbekistonda hozircha koronavirus bilan kasallanish holatlari rasman qayd etilgani yo‘q. Mamlakat aeroportlarida kasallikka qarshi xavfsizlik choralari ko‘rilgan, xususan, kuni kecha Xitoydan qaytarib olib kelingan o‘zbekistonlik talabalar aeroportning o‘zidayoq jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Xitoyda tarqalgan koronavirus haqida bilish zarur bo‘lgan ma’lumotlar
- TIV Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi
- Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusning ilk alomatlari ma’lum qilindi
- Xitoyda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklardan koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslik so‘raldi
Izoh (0)