Braziliya janubida 57 kishi toshqinlar qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, yana 19 kishi bedarak yo‘qolgan.
Qurbonlarning eng ko‘pi — 48 kishi Minas-Jerays shtatiga, jumladan, 8 nafari shtat poytaxti Belu-Orizonti shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
Belu-Orizontida 24-yanvar kuni 110 yil mobaynida rekord darajadagi — 171,8 millimetr yog‘in tushdi.
Minas-Jerays shtatining 99 ta shahrida yomg‘irlar davom etishi xavfi tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.
Izoh (0)