Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant aviahalokat natijasida 26-yanvar, yakshanba kuni vafot etdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

TMZ’ning xabar qilishicha, bortida 41 yoshli Brayant bo‘lgan vertolyot Kaliforniyada halokatga uchragan. Xabarlarga ko‘ra, vertolyotning qulashi natijasida jami besh kishi vafot etgan. Ta’kidlanishicha, Sikorsky S-76 rusumli vertolyot sportchiga tegishli bo‘lgan.

“Qora mamba” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Kobi “Los-Anjeles Leykers” bilan besh marta NBA chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u AQSh terma jamoasi bilan Pekin—2008 va London—2012 Olimpiadalarida g‘olib chiqqan.

Brayant 2016-yilda faoliyatini yakunlagan edi.

Foto: TMZ

Foto: TMZ

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik