Xitoyda koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 56 nafarga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Mamlakat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 1975 kishi virusni yuqtirib olgan. Shunday qilib, kasallik qurbonlari soni haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilinganidan bir sutka o‘tib, halok bo‘lganlar soni 15 kishiga ko‘paydi, virusni yuqtirganlar soni deyarli 700 kishiga oshdi.

Avvalroq XXR raisi Si Szinpin mamlakat bo‘yicha virus tarqalishi kuchayotganini, “vaziyat og‘irligini” aytgan edi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi yoshlardan koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘radi.