Turkiya sharqida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Anadolu

14 kishi Elazig, 6 kishi esa Malatya viloyatlarida halok bo‘lgan.

Yana 1015 kishi zilzila oqibatida jarohatlangan. Bir necha bino shikastlangan.

Boshqarmaga ko‘ra, mamlakatda jami 228 marotaba yer osti silkinishi qayd etilgan.